Shu bilan birga, hududlar oʻrtasida katta tafovut saqlanib qolmoqda. Andijon, Fargʻona, Namangan, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida xususiy klinikalarning 35-40 foizi statsionar oʻrinlarga ega. Qoraqalpogʻiston, Sirdaryo, Jizzax va Navoiyda bu koʻrsatkich 15 foizga ham yetmaydi.

Tibbiy reabilitatsiya, nefrologiya, onkologiya, neyroxirurgiya, psixiatriya, narkologiya va tugʻuruq komplekslari kabi talab yuqori yoʻnalishlarda xususiy sektor ishtiroki kutilgan darajada emas. Ushbu yoʻnalishlarga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

Hokimlar har yili xususiy klinikalar uchun yer uchastkalarini belgilab, eʼlon qiladi. Yerlar faqat shu maqsadda auksionga chiqariladi va qulay shartlarda taklif etiladi.