O‘rtachirchiq tumani IIB Navbatchilik qismi ma’lumotiga ko‘ra, “Yangi Turmush” MFY, Go‘zal ko‘chasidagi uyda vaqtincha yashab kelgan 1946-yilda tug‘ilgan S.M., uning nevarasi — 1988-yilda tug‘ilgan Y.D. hamda evarasi — 2008-yilda tug‘ilgan J.M., yashash xonadonida is gazidan zaharlanib vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov UzNews.uzga ma'lumot berdi.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosalariga ko‘ra, marhumlarning har uchalasiga ham “is gazidan o‘tkir zaharlanish” tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.