Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroga sud qarori asosida belgilangan aliment to‘lovlarini oldindan amalga oshirish imkoniyati tushuntirilgan. Shundan so‘ng u ijroni amalga oshirish usuli va tartibini o‘zgartirish masalasida sudga murojaat qilgan.
Sud murojaatni ko‘rib chiqib, da’voni qanoatlantirgan va voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun 5 yillik aliment mablag‘ini oldindan undirishni belgilagan.
Natijada ota bir necha yillik aliment majburiyatini oldindan bajargan. Bu uning xorijga chiqishi bilan bog‘liq cheklov masalasini hal etishga, shuningdek, farzandining kelgusi yillardagi ta’minotini ta’minlashga xizmat qilgan.
Aliment oddiy moliyaviy majburiyat emas. U bolaning kundalik ehtiyojlari, kiyim-kechagi, oziq-ovqati, ta’limi, tibbiy xizmati va boshqa zarur xarajatlarini qoplashda muhim ahamiyatga ega.
Shu nuqtai nazardan, mazkur holatda ota nafaqat xorijga chiqish bilan bog‘liq cheklovni bekor qilish, balki farzandi oldidagi mas’uliyatini oldindan bajarish yo‘lini tanlagan.
Farzandning ertangi kunini bugundan o‘ylash — ota-onalik mas’uliyatining muhim ko‘rinishlaridan biridir.