Natijada ushbu uy egasi xonadon hovlisidagi uzum tomorqasi tagida 57 tup tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan o‘simliklarni parvarishlab, yetishtirib kelayotganligi aniqlandi va xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.
Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra olingan 57 tup o‘simlik tanasi, barglari, ildizlari, boshoqlaridan tashkil topgan, OPIYLI KO‘KNORI ekanligi, o‘simlik boshoqlarida opiy guruhiga kiruvchi faol giyohvand modda “morfin” aniqlanganligi ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.