Zamonlar özgardi, jang maydonlari ham. Bugun xalqlarning kuç-qudrati ilm-fan, texnologiya, iqtisodiyot, madaniyat va sportdagi yutuqlar bilan ham ölçanadi. Ammo bayroqning maʼnosi özgargani yöq, aksinça, uning qadri yangi mazmun bilan boyidi. Endi u xalqaro musobaqalar şohsupasida kötarilganda, minglab kilometr uzoqlikda Özbekiston madhiyasi yangraganda, birgina sportçining ğalabasi butun xalqning quvonçiga aylanadi. Şu lahzalarda bayroq davlatimiz şaʼni bilan birga uning ortida turgan millionlab insonlarning orzu-umidlari, mehnati va işonçini ham özida mujassam etadi.
Yaqinda bölib ötgan Paraosiyo öyinlarini köpçiligimiz oynai jahon orqali kuzatib bordik. Yurtdoşlarimiz ğalabaga erişgan lahzalarda ekran qarşisida quvondik, yutuqlarini özimiznikidek qabul qildik. Ayniqsa, Xurşid Qodirovning 100 metrga yuguriş bahslarida Osiyo rekordini yangilab, oltin medalni qölga kiritişi köpçilikning eʼtiborini tortdi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning ğalabasiga bağişlangan tabriklar, samimiy tilaklar yoğildi. Bir neça soniyali poyga yakunidagi bu ğalaba tomoşabinlarga faqat quvonç ulaşib qolmay, inson imkoniyatlari haqida ham öylaşga undadi. Axir finiş çiziğiga birinçi bölib yetib kelişdan oldin qança maşğulot, qança sabr va özini yengişga töğri kelgan lahzalar bor. Birovning “Qölingdan kelmaydi”, degan gapi orzuga nuqta qöymasligi kerak. Xurşidning natijasi maqsadga işonç va izçil mehnat bilan intiliş qanday samara berişini körsatdi.
Davlatimiz rahbarining II Prezident olimpiadasi oçiliş marosimida yoşlarga qarata aytgan “Özingga işon! Öz ustingda işla! Öz yurtingga munosib böl!” degan daʼvatida ham şu hayotiy haqiqat mujassam. Bu uç çaqiriq inson kamolotining özaro boğliq bosqiçlarini ifodalaydi: avvalo, öz imkoniyatiga işoniş, keyin mehnat bilan salohiyatini rivojlantiriş va nihoyat, erişgan natijasini yurt ravnaqiga xizmat qildiriş. Bu sözlar sportçiga ham, ilm olayotgan yoşga ham, öz kasbini puxta egallaşga intilayotgan mutaxassisga ham birdek tegişli.
Öziga işoniş hamma narsa oson keçadi degani emas. Aksinça, bu qiyinçilikka duç kelganda ham maqsaddan voz keçmaslik, xatolarni tan oliş va yana urinib körişga kuç topişdir. Sportda buni har kuni köriş mumkin: maşğulotda belgilangan natijaga erişa olmagan sportçi ertasiga yana maydonga çiqadi. U mağlubiyatdan qoçiş emas, xatosidan saboq çiqariş va keçagidan yaxşiroq natija körsatiş uçun harakat qiladi. Çunki çempionlik faqat şohsupada qölga kiritilmaydi. U intizom, sabr va har kuni takrorlanadigan maşqlar davomida şakllanadi. Bugun oddiy köringan bir soatlik maşğulot ertaga rekord natijaga yöl oçişi mumkin. Şuning uçun “Özingga işon!” degan çaqiriq, avvalo, insonning öz oldiga maqsad qöyişi va unga erişiş uçun masʼuliyatni zimmasiga olişini anglatadi. Bu intilişning natijalarini mamlakatimiz sporti misolida ham köriş mumkin. Sönggi ön yilda sportçilarimiz xalqaro musobaqalarda 5518 ta, jumladan, 1675 ta
oltin medal qölga kiritdi. Bu avvalgi ön yillikdagi körsatkiçdan uç barobar köp. Raqamlar sportimizdagi ösişni yaqqol körsatadi. Ularning ortida faqat ğoliblar mahorati emas, murabbiylar fidoyiligi, ota-onalarning qöllab-quvvatlaşi, sportçilarning maşaqqatli tayyorgarligi va ularni yetiştirişga qaratilgan tizimli işlar ham bor. Har bir medal ortida köpçilik körmaydigan maşaqqat, yengib ötilgan tösiqlar va uzoq kutilgan natijaga işonç yotadi.
Şu bilan birga, erişilgan natijalarni yanada oşiriş uçun yangi isteʼdodlarni öz vaqtida aniqlaş va ularga zarur şaroit yaratiş muhim. Qişloqda yaşaydigan, yugurişga yoki kuraşga qobiliyati bor bolani tasavvur qilaylik. Uning tezligi, çaqqonligi yoki jismoniy imkoniyatlari tengdoşlaridan ajralib turişi mumkin. Ammo yaqinida sport zali bölmasa, malakali murabbiy topilmasa yoki muntazam şuğullaniş imkoni bölmasa, iqtidori oçilmay qolişi ehtimoldan xoli emas. Bolaning xohişi va qobiliyati muhim, lekin ularni rivojlantirişga imkon beradigan muhit ham zarur. Demak, sportni ommalaştirişning muhim vazifasi faqat çempionlarni tayyorlaşdan iborat emas. Har bir iqtidorli yoşga özini sinab köriş, qobiliyatini namoyon etiş va yuqori natijalarga intiliş imkonini beriş ham şunçalik ahamiyatli.
Prezident olimpiadasi ana şu yölda muhim bosqiç vazifasini ötaydi. Bu yilgi musobaqada 3,5 mingdan ziyod sportçi olimpiya va paralimpiya yönalişidagi 26 sport turi böyiça bellaşmoqda, ularga 1,5 ming murabbiy hamrohlik qilmoqda. Bunday musobaqalar yoşlarga öz kuçini raqobat muhitida sinaş, tajriba orttiriş va kamçiliklarini aniqlaş imkonini beradi. Musobaqa maydoniga çiqqan har bir iştirokçi ğalaba uçun kuraşar ekan, tayyorgarligi, irodasi va intizomini ham sinovdan ötkazadi. Ğoliblar munosib rağbatlantiriladi, boşqa iştirokçilar esa keyingi tayyorgarlik uçun zarur xulosalar çiqaradi. Eng muhimi, bu jarayon iqtidorlarni saralaş, ularni muntazam kuzatib boriş va yuqori darajadagi musobaqalarga tayyorlaş tizimining bir qismiga aylanişi kerak.
Bu maqsadda Olimpiya şaharçasi barpo etilişi ham muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy sport majmuasining qiymati uning qança maydon yoki inşootdan iboratligi emas, balki ulardan qanday natija olinayotgani bilan belgilanadi. Agar bu yerda yoşlar muntazam şuğullansa, murabbiylar öz tajribasini oşirsa, sportçilar xalqaro talablar darajasida tayyorgarlik körsa, şaharça mamlakat sport salohiyatini rivojlantiruvçi muhim maskanga aylanadi. Buning uçun zamonaviy jihozlarni örnatiş bilan birga ulardan samarali foydalaniş, malakali mutaxassislarni jalb qiliş va yoşlarning maşğulotlarini tizimli taşkil etiş zarur. Bugun yaratilayotgan imkoniyatlar ertangi çempionlarning kamol topişiga xizmat qilsagina, özining töliq qiymatini namoyon etadi.
Özbekistonning xalqaro musobaqalarga mezbonlik qiliş imkoniyatlari kengayib borayotgani sport rivojidagi muhim yönalişlardan biridir. Tört yil içida mamlakatimizda jahon va Osiyo miqyosidagi 20 ga yaqin musobaqa ötkazildi. 2027-yil 17-sentyabrdan 9-oktyabrga qadar Özbekiston va Ozarbayjonda FIFA U-20 jahon çempionati ötkazilişi rejalaştirilgan. Yirik musobaqalarni qabul qiliş yurtimizning taşkiliy salohiyatini namoyon etiş, sport infratuzilmasini rivojlantiriş va xalqaro tajriba orttiriş uçun katta imkoniyat yaratadi. Bunday tadbirlar mehmon sportçilar, murabbiylar va muxlislarga mamlakatimizni yaqindan taniş imkonini ham beradi. Biroq mezbonlikning eng katta samarasi musobaqa yakunlanganidan keyin bilinadi: orttirilgan tajriba mahalliy sportçilarni tayyorlaş, mutaxassislar malakasini oşiriş va yoşlar uçun yangi imkoniyatlar yaratişga xizmat qilişi lozim.
Parasportçilarimizning natijalari ham sportda imkoniyat va qöllab-quvvatlaş qançalik muhimligini körsatadi. Ular Paraosiyo öyinlarida 45 ta oltin, 49 ta kumuş va 51 ta bronza medalni qölga kiritib, umumjamoa hisobida uçinçi örinni egalladi. Bu yutuqlar sportçilarning mahorati va qatʼiyati bilan birga ularni tayyorlaş uçun yaratilgan şaroitlarning ahamiyatini ham namoyon etadi. Xurşid Qodirovning rekord natijasi kabi bu ğalabalar ham inson imkoniyatlariga oldindan çegara qöyiş mumkin emasligini eslatadi. Har bir sportçining öz orzusi, öz maqsadi va öz imkoniyati bor. Vazifa şu imkoniyatni töğri baholaş, uni rivojlantiriş uçun şaroit yaratiş va sportçining mustaqil hayotda ham öz örnini topişiga kömaklaşişdan iborat.
Prezident olimpiadasi ğolib va sovrindorlari uçun belgilangan rağbatlar, xalqaro öquv-maşğulot yiğinlarida iştirok etiş imkoniyatlari, stipendiyalar va sport maktablarini jihozlaş çoralari ham uzoq muddatli natijalarga yönaltirilişi zarur. Bir musobaqadagi ğalaba sportçining kelgusi muvaffaqiyatini kafolatlamaydi. Buning uçun muntazam tayyorgarlik, malakali murabbiylik, tiklaniş va taʼlim oliş uçun şaroit kerak. Sportçi bugun ğalaba qozonib, ertaga yanada kuçli raqiblarga duç kelişi mumkin. Şu bois, uning rivojlanişiga uzluksiz eʼtibor qaratiş, jismoniy tayyorgarligi bilan birga bilim va hayotiy könikmalarini ham mustahkamlaş muhim. Yoşlar sportda yuqori natijalarga erişiş asnosida mustaqil fikrlaydigan, intizomli va masʼuliyatli inson bölib şakllanişi lozim.
“Öz yurtingga munosib böl!” degan çaqiriqning mazmuni ham aynan şu yerda namoyon böladi. Yurtga munosiblik faqat xalqaro musobaqada ğolib çiqiş yoki şohsupada bayroqni kötariş bilangina çeklanmaydi. U halol raqobatda, raqibga hurmatda, mağlubiyatdan töğri xulosa çiqarişda va öz vazifasini vijdonan bajarişda ham körinadi. Sportçi uçun bu — mahorati va intizomi bilan yurt nomini munosib himoya qiliş. Murabbiy uçun — şogirdlarining iqtidorini oçiş va ularni töğri yönaltiriş. Jamiyat uçun esa yoşlarning qobiliyatini qadrlaş, ularga işonç bildiriş va kamol topişi uçun zarur şaroitlarni yaratişdir.
Davlatimiz rahbarining “Özingga işon! Öz ustingda işla! Öz yurtingga munosib böl!” degan daʼvati faqat sport maydoniga tegişli emas. U har bir insonga öz qobiliyatini anglaş, uni mehnat bilan rivojlantiriş va erişgan natijasini jamiyat manfaatiga yönaltiriş masʼuliyatini eslatadi. Yurt salohiyati sportçilar qölga kiritgan medallar, zamonaviy majmualar yoki ötkazilgan musobaqalar bilangina belgilanmaydi. U yoşlarga berilgan imkoniyatlar, kaşf etilgan isteʼdodlar va ularning orzularini röyobga çiqariş uçun yaratilgan şaroitlarda ham namoyon böladi. Bugun öz kuçiga işongan, maqsadi sari qatʼiyat bilan intilayotgan har bir yoş ertangi kunning munosib vakilidir. Ana şunday avlod kamol topar ekan, bayroğimiz yana köp bor şohsupalarda baland kötariladi, yurtimizning şuhrati yangi ğalabalar bilan boyib boradi.
Parasportdagi yutuqlar haqida söz borganda, masalaning yana bir muhim jihati — inson qadri, uning imkoniyatlarini röyobga çiqariş va jamiyatda munosib örin egallaşi uçun yaratilayotgan şaroitlarga eʼtibor qaratiş lozim. Zero, parasport insonning öziga bölgan işonçini mustahkamlaydigan, irodasini toblaydigan, hayotga intilişini kuçaytiradigan katta imkoniyatlar maktabidir.
Parayengil atletika böyiça terma jamoa boş murabbiyi Sardor Abduxoliqov sohadagi özgarişlar, sportçilar uçun yaratilgan imkoniyatlar va ularning natijalarga taʼsiri haqida söz yuritar ekan, bugungi yutuqlar zamirida Prezidentimiz eʼtibori, tizimli tayyorgarlik hamda sportçilar salohiyatini röyobga çiqariş uçun yaratilgan şaroitlar turganini taʼkidladi.
Uning aytişiça, terma jamoa sportçilarining qariyb 90 foizini viloyatlardan yetişib çiqqan sportçilar taşkil etadi. Ularni yil davomida muntazam öquv-maşğulot yiğinlariga jalb etiş, tayyorgarlik jarayonini uzluksiz taşkil qiliş katta imkoniyatdir. Masalan, Osiyo öyinlariga 20 kun qolganda 60 nafar sportçidan iborat tarkibning Yaponiyaga öquv-maşğulot yiğiniga yuborilişi tayyorgarlik jarayonida muhim ahamiyat kasb etdi. Buning samarasi ölaroq, sportçilar 145 ta medalni qölga kiritdi. Murabbiyning taʼkidlaşiça, yildan yilga yaratilayotgan şaroitlar yaxşilanib, natijalar ham şunga mos ravişda ösib bormoqda.
Murabbiy parasportçilarni saralaş jarayonidagi özgarişlarga töxtalar ekan, ilgari iqtidorli yoşlarni aniqlaş uçun murabbiylarning özi çekka qişloq va tumanlarga borib, xonadonma-xonadon yurganini esladi. Ayniqsa, qişning sovuq kunlarida ham izlanişlar töxtamasdi. Bugun esa vaziyat ança özgargan. Eng quvonarlisi, ota-onalarning özi farzandini sportga olib kelmoqda. Ular bolalarining imkoniyatlariga işonib, kelajagini sport bilan boğlaşga intilmoqda.
Bu özgarişning ijtimoiy ahamiyati juda katta. Çunki ilgari iqtidorli bolalarni izlab topiş uçun murabbiylar çekka hududlarga borgan bölsa, bugun ota-onalarning özi farzandini sportga yetaklab kelmoqda. Demak, parasportga bölgan munosabat ham özgarmoqda. Eng muhimi, oilalar farzandlarining jismoniy imkoniyatlarini tösiq emas, töğri yönaltiriş va mehnat orqali rivojlantiriş mumkin bölgan salohiyat sifatida qabul qilmoqda.
Aslida, inson qadrini uluğlaşning mohiyati ham şunda: har bir insonning qobiliyatini köriş, uning orzu va intilişlarini qöllab-quvvatlaş, jamiyat hayotida faol iştirok etişi uçun teng imkoniyatlar yaratiş. Imkoniyati çeklangan insonga faqat ijtimoiy yordam oluvçi şaxs sifatida qaraş emas, uning isteʼdodi, mehnati va mustaqil hayotga intilişini qadrlaş muhim. Parasport esa ana şu qaraşlarni hayotga tatbiq etişning yorqin namunasidir.
Şu maʼnoda, bugun sportga jalb etilayotgan har bir yoş, murabbiylar tomonidan kaşf etilayotgan har bir isteʼdod, ota-onalarda şakllanayotgan işonç sportdagi kelgusi ğalabalarning poydevorini yaratmoqda. Bu jarayonning natijasi faqat şohsupadagi medallar bilan ölçanmaydi. Sport orqali öz kuçiga işongan, mustaqillikka intilgan, jamiyatda öz örnini topgan insonning hayotidagi ijobiy özgariş ham ulkan yutuqdir.
Sardor TOLLIBOYEV,
“Yangi Özbekiston” muxbiri