Asosiy vaqtda hisob ochilmagach, qoʻshimcha boʻlimlarning dastlabkisida afrikaliklar Tuanzebening golidan soʻng hisobni ochdi. Bu gol oʻyin taqdirini hal qildi.
Shu tariqa, Kongo DR JCH-2026da Oʻzbekiston bilan bir guruhdan joy oldi. Ushbu guruhda Portugaliya, Kolumbiya va Oʻzbekiston terma jamoalari ishtirok etadi.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan eʼlon qilingan musobaqa taqvimiga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichidagi ilk uchrashuvini 18-iyun kuni oʻtkazadi.
Jamoa mazkur bahsda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Uyin Mexiko shahrida boʻlib oʻtadi va Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi.
Ikkinchi tur uchrashuvi 23-iyun kuni Xyuston shahrida tashkil etiladi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi Portugaliyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 22:00 da start oladi.
Guruh bosqichining soʻnggi — uchinchi turida Oʻzbekiston Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi oʻynaydi. Mazkur bellashuv 28-iyun kuni Atlanta shahrida boʻlib oʻtadi va soat 04:30 ga belgilangan.