"O'zagrotexsanoatxolding" AJ tomonidan "Orbis Kazakhstan" kompaniyasi bilan hamkorlikda “Turkistan” sanoat zonasi hududidagi "Brownfield" ishlab chiqarish maydonchasida qishloq xo'jaligi texnikalarini yig'ish bo'yicha qo'shma loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyiha 3 bosqichda olib boriladi. Umumiy investitsiya hajmi 12 million dollarni tashkil etadi. Amalga oshirilayotgan loyihaning to'liq quvvati ishga tushgach 100 ga yaqin ish o'rinlari yaratiladi.
Uchrashuv davomida "O'zagrotexsanoatxolding" AJ boshqaruvi raisi Nodir Otajonov Turkiston viloyatining sarmoyaviy muhitiga yuqori baho berdi.
O'z navbatida, Turkiston viloyati hokimi Umurzoq SHukeev bunday loyihalar ikki mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega o'zaro manfaatli hamkorlikning namunasi ekanligini ta'kidladi.
"O'zagrotexsanoatxolding" AJ mahalliylashtirish istiqboliga ega qishloq xo'jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Sanoat zonasi hududida 110 ot kuchiga ega universal-haydov traktorlari, 80 ot kuchiga ega paxta traktorlari, shuningdek, paxta terish mashinalari, 4 tonnagacha yuk ko'taradigan traktor tirkamalari, rotorli o'rgich-maydalagichlar, purkagichlar, paxta kul`tivatorlari hamda 3 va 4 korpusli pluglarni ishlab chiqarish ko'zda tutilgan.
Kompaniyamiz qozog'istonlik mutaxassislarni o'qitish va malakasini oshirish, shuningdek texnik xodimlar uchun amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish ishlarini amalga oshiradi.
O'z navbatida, "Orbis Kazakhstan" kompaniyasi Qozog'iston Respublikasida qishloq xo'jaligi texnikalarini sotish uchun dilerlik va xizmat ko'rsatish tarmog'ini rivojlantirishni rejalashtirmoqda
O'zbekiston Qozog'istonda traktor ishlab chiqaradi
Joriy yilning 28 may kuni "O'zagrotexsanoatxolding" AJ, Turkiston viloyati hokimiyati va Qozog'istonning "Orbis Kazakhstan" kompaniyasi O'zbekistonda ishlab chiqariladigan qishloq xo'jalik texnikalarini Qozog'istonda yig'ish loyihasi doirasida investitsiya shartnomasi va yo'l xaritasini imzoladilar.
Davlat tibbiy sug‘urtasi: So‘nggi 6 oyda imtiyozli toifadagi bemorlar uchun qancha mablag‘ yo‘naltirildi?
- Toshkent shahrida 4,7 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari "Keshbek" sifatida talon-toroj qilindi
- Qashqadaryoda zo‘ravonlikdan jabrlangan ayolning holati Ombudsman tomonidan o‘rganildi
- Toshkent shahar hokimiga yangi maslahatchi tayinlandi
- Ekstremistik yoʻnalishdagi jinoyatni sodir etganligi uchun xalqaro qidiruvda boʻlgan shaxs Polsha Respublikasidan ekstraditsiya qilindi
- Raqobat qo‘mitasi so‘rovi bilan Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining boshlang‘ich narxi 587,2 mln. so‘mlik tender savdosi bekor qilindi
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- O‘qishga kirolmagan yoki yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar vakant o‘rinlar uchun tanlovda ishtirok etadi