"O'zagrotexsanoatxolding" AJ tomonidan "Orbis Kazakhstan" kompaniyasi bilan hamkorlikda “Turkistan” sanoat zonasi hududidagi "Brownfield" ishlab chiqarish maydonchasida qishloq xo'jaligi texnikalarini yig'ish bo'yicha qo'shma loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyiha 3 bosqichda olib boriladi. Umumiy investitsiya hajmi 12 million dollarni tashkil etadi. Amalga oshirilayotgan loyihaning to'liq quvvati ishga tushgach 100 ga yaqin ish o'rinlari yaratiladi.
Uchrashuv davomida "O'zagrotexsanoatxolding" AJ boshqaruvi raisi Nodir Otajonov Turkiston viloyatining sarmoyaviy muhitiga yuqori baho berdi.
O'z navbatida, Turkiston viloyati hokimi Umurzoq SHukeev bunday loyihalar ikki mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega o'zaro manfaatli hamkorlikning namunasi ekanligini ta'kidladi.
"O'zagrotexsanoatxolding" AJ mahalliylashtirish istiqboliga ega qishloq xo'jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Sanoat zonasi hududida 110 ot kuchiga ega universal-haydov traktorlari, 80 ot kuchiga ega paxta traktorlari, shuningdek, paxta terish mashinalari, 4 tonnagacha yuk ko'taradigan traktor tirkamalari, rotorli o'rgich-maydalagichlar, purkagichlar, paxta kul`tivatorlari hamda 3 va 4 korpusli pluglarni ishlab chiqarish ko'zda tutilgan.
Kompaniyamiz qozog'istonlik mutaxassislarni o'qitish va malakasini oshirish, shuningdek texnik xodimlar uchun amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish ishlarini amalga oshiradi.
O'z navbatida, "Orbis Kazakhstan" kompaniyasi Qozog'iston Respublikasida qishloq xo'jaligi texnikalarini sotish uchun dilerlik va xizmat ko'rsatish tarmog'ini rivojlantirishni rejalashtirmoqda
O'zbekiston Qozog'istonda traktor ishlab chiqaradi
Joriy yilning 28 may kuni "O'zagrotexsanoatxolding" AJ, Turkiston viloyati hokimiyati va Qozog'istonning "Orbis Kazakhstan" kompaniyasi O'zbekistonda ishlab chiqariladigan qishloq xo'jalik texnikalarini Qozog'istonda yig'ish loyihasi doirasida investitsiya shartnomasi va yo'l xaritasini imzoladilar.
Toşkentda 100 mingdan ortiq narkotik doza tarqatilişining oldi olindi
- Oʻzbekiston Prezidenti Iordaniyaga joʻnab ketdi
- Özbekistonda hafta davomida harorat 10 darajagaça pasayadi
- Issiqxona xöjaliklari ekologik ekspertizadan ötiş uçun 2,86 mln söm tölaydi
- Tadbirkorlar elektr energiyasi uçun 100 foiz emas, 15 foiz oldindan tölov qilişi mumkin
- Energetika vaziriga yangi örinbosar tayinlandi
5 million tonna paxta haqidagi hisobotga ijtimoiy tarmoqlarda şubha bildirildi: vazirlik izoh berdi
- Ayrim taʼlim muassasalari xodimlariga mehnat staji uçun ustamalar belgilandi
- Namanganda noqonuniy ovlangan baliqlar uçun 1 mlrd 25 mln söm zarar hisoblandi
- Pul belgilaridagi barça yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida yoziladi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Ucell 5G tarmog‘i — O‘zbekistonning barcha viloyat markazlarida