U oʻz postida dunyoning eng iqtidorli yosh dasturchilarini bir maydonga jamlagan mazkur nufuzli olimpiadaning ahamiyatini taʼkidladi.

Shuningdek, IOI 2026 gʻoliblariga Telegram tomonidan maxsus raqamli kolleksiyalar — «Algorithm Cups» taqdim etilishini maʼlum qildi.

Pavel Durov olimpiadaning aynan Oʻzbekistonda — algebra fanining buyuk asoschisi Muhammad al-Xorazmiy vatanida oʻtkazilayotganini ham alohida qayd etdi. «Algorithm» soʻzining ham Al-Xorazmiy nomi bilan bogʻliq ekani ushbu tadbirning Oʻzbekistonda oʻtkazilishiga oʻziga xos tarixiy mazmun bagʻishlashi taʼkidlangan.

Bugun Toshkent dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan eng kuchli yosh dasturchilarni bir maydonga birlashtirmoqda.

Pavel Durov tomonidan IOI 2026 va Oʻzbekistonning olimpiadaga mezbonlik qilayotganiga bildirilgan eʼtirof mamlakatimiz uchun katta sharaf va masʼuliyatdir.