Loyihaга ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan va tahsil olayotgan pedagoglar farzandlari uchun bazaviy to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi miqdorida chegirma berilishi rejalashtirilmoqda.
Hujjatda qayd etilishicha, mazkur imtiyoz pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularning farzandlari uchun oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida joriy etilmoqda.
Chegirma davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida bazaviy kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga tatbiq etiladi. Oshirilibgan yoki tabaqalashtirilgan kontrakt shakllariga ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi.
Loyihaga muvofiq, talabgorlar arizani
Shuningdek, chegirma bilan bog‘liq xarajatlar 2026-yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtirilishi, 2027-yildan esa davlat byudjeti parametrlariда alohida nazarda tutilishi belgilanyapti.
Loyihada pedagogik faoliyatga oid lavozimlar ro‘yxatini bir oy muddatda tasdiqlash vazifasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi zimmasiga yuklatilgan.
Shu bilan birga, pedagog ota yoki onaning maqomi bekor qilingan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab chegirma qo‘llash to‘xtatilishi nazarda tutilmoqda.
Qaror loyihasi hozircha muhokama bosqichida bo‘lib, qabul qilinishi uchun belgilangan tartibda tasdiqlanishi talab etiladi.