Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi tegishli qarori asosida:
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlariga navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtishiga olti oy qolganda ularga attestatsiyadan oʻtish muddati yaqinlashganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish yo'lga qo'yildi.
Shunga muvofiq:
2027-yilning birinchi yarmida malaka toifa sertifikatining muddati tugaydigan pedagog kadrlarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlariga navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtish uchun murojaat qilishlari lozimligi toʻgʻrisidagi xabarnomalar yuborildi.
Mazkur xabarnomalarni olgan pedagoglar 2027-yil 1-yanvardan 1-martga qadar attestatsiyada qatnashishlari uchun oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtib murojaat yuborishlari lozim.