Eng ko‘p murojaatlar qayd etilgan hududlar:
Toshkent shahri — 2 317 ta
Qashqadaryo viloyati — 2 068 ta
Toshkent viloyati — 1 758 ta
Samarqand viloyati — 1 627 ta
Surxondaryo viloyati — 1 574 ta
Tahlillarga ko‘ra, aholining asosiy murojaatlari ijtimoiy himoya, oilaviy masalalar va kommunal muammolar bilan bog‘liq. Xususan:
18 yoshgacha bolalar nafaqasi — 1 863 ta;
aliment undirish — 1 060 ta;
gaz ballonni to‘ldirish — 534 ta;
elektr ta’minotidagi uzilishlar — 333 ta;
ish haqi bilan bog‘liq masalalar — 270 ta;
ish bilan ta’minlash — 217 ta;
Shuningdek, davolanish uchun moddiy yordam so‘rovi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda firibgarlik va boshqa huquqbuzarliklarga oid murojaatlar soni ham nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.