Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda "Qashqadaryo suv ta’minoti" AJ ichimlik suv tizimi nazorat bo‘limi mutaxassisi S.M. xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro X.B.dan uning o‘g‘li N.B.ga nisbatan ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomani sudga chiqarmaslik va qayta hisob-kitob qilib zararni yo‘q qilib berish evaziga 1,2 mln so‘m pullarni bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ushbu 1,2 mln so‘m pullarning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.