Viloyat YHXB matbuot xizmati ma’lum qilishicha, hodisa 24 may kuni soat 14:20 atrofida Qarshi–Yettitom yo‘nalishidagi D-150 avtomobil yo‘lida yuz bergan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ikki engil avtomobil jiddiy shikastlangani, yuk mashinasi esa ag‘darilib ketganini ko‘rish mumkin.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida Nexia-2 avtomashinasi yo‘lovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan haydovchi va yo‘lovchilarga jarohat yetmagan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv harakatlari davomida Nexia avtomashinasi haydovchisi transport vositalarini noto‘g‘ri quvib o‘tgani oqibatida mazkur YTH yuz bergani aniqlangan.
Hodisa Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan qonuniy tartibda rasmiylashtirilgan.