Bu «Suv omborlari va ularga tutaş hududlardan foydalanişni tartibga soliş hamda xavfsizlikni taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident qarorida (PQ–387-son, 2026-yil 27-oktyabr) belgilangan.
Qarorga köra, yuridik şaxslar uçun yer soliği va mol-mulk soliği belgilangan stavkalarning 50 foizi miqdorida qöllanadi.
Şuningdek, suvda foydalanişga möljallangan GPS qurilmalari, qutqaruv va xavfsizlik anjomlari hamda zamonaviy sanitariya-gigiyena şoxobçalarini Özbekistonga olib kirişda bojxona tölovlarini 120 kunga keçiktirib yoki bölib-bölib tölaşga ruxsat beriladi.
Imtiyozlar bilan birga xavfsizlik talablari ham belgilandi.
Suv omborlari va ularga tutaş hududlarda turizm obyektlarini taşkil etgan tadbirkorlar taşrif buyuruvçilar xavfsizligini taʼminlaşi, obyektlarni zarur xavfsizlik vositalari bilan jihozlaşi şart.
Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv işlarini zudlik bilan amalga oşiriş uçun qutqaruv xizmati taşkil etilişi yoki professional qutqaruv tuzilmalari bilan şartnoma asosida navbatçilik xizmati yölga qöyilişi lozim.
Bundan taşqari, tadbirkorlar kiçik hajmli kemalar va ular turadigan inşootlardan xavfsiz foydalaniş talablariga rioya qilişi kerak.
Suv omborlari atrofidagi turizm obyektlarida içki kanalizatsiya tarmoqlari va mahalliy oqova suvlarni tozalaş inşootlari bölişi, oqova suvlarni suv obyektlariga taşlaşga yöl qöyilmasligi belgilangan.
Obyektlarda hosil böladigan maişiy çiqindilar ham belgilangan tartibda utilizatsiya qilinişi şart.