Mazkur soha nafaqat
sanoat o‘sishini ta’minlamoqda, balki yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi turmush
farovonligini oshirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Keyingi yillarda
kombinatdagi keng ko‘lamli islohotlar, ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi
loyihalarni hayotga tatbiq etish jarayonida har bir xodim faollik, tashabbuskorlik
va yuksak mas’uliyatni his qilmoqda.
Erishilayotgan yuksak
natijalar zamirida, avvalo, mazkur tarmoqqa qaratilayotgan doimiy e’tibor va har
tomonlama qo‘llab-quvvatlov muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu esa Navoiy
kon-metallurgiya kombinati jamoasini fidoyilik, hamjihatlik va yuksak mas’uliyat
hissi bilan mehnat qilishga ruhlantirmoqda.
So‘nggi yillarda
kon-metallurgiya sohasida ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalar joriy
etilmoqda. Yangi konlar o‘zlashtirilib, mavjudlari modernizatsiya qilinmoqda. Bu esa
nafaqat xomashyoni qazib olish, balki chuqur qayta ishlash orqali tayyor mahsulot
ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Navoiy kon-metallurgiya
kombinati bu jarayonda yetakchi o‘rinni egallab turibdi. Korxonadagi investitsion
loyihalar natijasida ishlab chiqarish hajmi yil sayin oshib bormoqda. Shu bilan
birga, sohada energiya samaradorligi va ekologik barqarorlikka alohida e’tibor
qaratilmoqda. Atrof-muhitga zararli ta’sirni kamaytirish, chiqindilarni qayta
ishlash va “yashil” texnologiyalardan foydalanish bugungi kunning muhim vazifalaridan
biri. Kon-metallurgiya sohasidagi yangi bosqich innovatsiyalar, samaradorlik va
barqaror rivojlanishga asoslangan davrdir.
Joriy yilning 16 martida
Olmaliqda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek,
mustaqillikning dastlabki yigirma besh yilligida oltin qazib olish hajmi 63 tonnadan
87 tonnaga yoki 24 tonnaga oshgan bo‘lsa, so‘nggi to‘qqiz yilda bunga yana 31 tonna
qo‘shilib, o‘tgan yili 118,4 tonnaga yetkazildi. 2016 yildan buyon kumush ishlab
chiqarish 1,6 barobar, uran 2,1 barobar, mis 1,4 barobar oshirilishiga erishildi.
Natijada tarmoqda ishlab chiqarish 1,7 barobar o‘sib, o‘tgan yili 270 trillion so‘mga
yetdi.
Ushbu sohada ko‘p yillik
tajribaga ega mutaxassis sifatida
ta’kidlardimki, kon-metallurgiya sanoatida, xususan, oltin, kumush va mis
qazib olishda bugun kuzatilayotgan yuqori o‘sish sur’atlari ilgari bo‘lmagan. Mazkur
yutuqlar, avvalo, yurtimizda uzoqni ko‘zlab yuritilayotgan, puxta o‘ylangan iqtisodiy
siyosat, shuningdek, tarmoqni izchil rivojlantirishga qaratilayotgan tizimli
chora-tadbirlar hamda yuksak e’tibor samarasidir. Shu nuqtai nazardan,
erishilayotgan yutuqlarimiz milliy sanoatimizning yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan
dalolat beradi.
Mashaqqatli mehnat samarasi
Kon-metallurgiya sohasida
mehnat qilish nafaqat sharafli, balki insondan jasorat va yuksak mas’uliyatni ham
talab etadi. Ushbu sohada yuksak natijalarga erishish osonmas. Har qanday katta
yutuqlar zamirida tinimsiz mehnat, chuqur bilim hamda mustahkam iroda mujassam
bo‘ladi.
Navoiy kon-metallurgiya
kombinati jahonda oltin ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardan biridir.
Kombinatning mineral resurslari bazasi 140 million unsiyadan ortiqni tashkil etadi.
2025 yilda kombinat 98,2 tonna oltin ishlab chiqardi. Dastur doirasida 1,4
trillion so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulot tayyorlandi. Tarmoqlararo sanoat
kooperatsiyasi doirasida 7,3 trillion so‘mlik mahsulot xarid qilindi. Investitsiya
dasturi doirasida 561 million dollarlik mablag‘ o‘zlashtirildi. Yangi loyihalarni
amalga oshirish va amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hisobiga 2628
ta yangi ish o‘rni yaratildi. Qo‘lga kiritgan yutuqlarimizda, eng avvalo, 50 mingdan
ziyo d ahil jamoaning fidokorona mehnati mujassam.
Joriy yilni ham turli
sohalarda yutuqlar bilan boshladik. 2026 yil fevral oyida “Sustainable Fitch”
xalqaro reyting agentligi tomonidan NKMKning korporativ ESG reytingi “3”
darajasida tasdiqlanib, umumiy ko‘rsatkichi 51 balldan 54 ballga yetdi. Shuningdek,
kombinat “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichida ishtirok
etib, “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol respublika tashkiloti”
nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Aprel oyida 2025 yilda ochiqlik bo‘yicha ishlar
samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan “Ochiqlik indeksi”ning
yakuniy natijalariga ko‘ra, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 94,4 ball
bilan eng yuqori natijani qayd etib, 1-o‘rinni egalladi.
Rivojlanishning asosiy sharti
Keyingi yillarda
kon-metallurgiya sanoati iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida
jadal rivojlanmoqda. Tarmoqda samaradorlikni oshirish, zamonaviy texnologiyalarni
joriy etish, resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik barqarorlikni
ta’minlashda ilm-fan yutuqlari va ilmiy izlanishlar hal qiluvchi ahamiyat kasb
etyapti.
Kon-metallurgiyada ilmiy
izlanishlar, avvalo, qazib olish jarayonlarini samarali tashkil etish imkonini
beradi. Geologik tadqiqotlar orqali yer osti boyliklarini aniqlash va baholash
ishlari takomillashib bormoqda. Bu jarayonda geologiya fani muhim o‘rin tutadi.
Zamonaviy geologik tahlillar resurslarni tejash va ishlab chiqarish xarajatlarini
kamaytirishga xizmat qiladi. Qazilma boyliklarni qayta ishlash jarayonida ilg‘or
texnologiyalarni qo‘llash mahsulot sifatini oshiradi. Masalan, avtomatlashtirish va
raqamlashtirish orqali ishlab chiqarishda aniqlik va samaradorlik ta’minlanadi.
Kon-metallurgiya korxonalarida chiqindilarni qayta ishlash, zararli gazlarni
kamaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish muhim vazifalardan. Bunday
korxonalarda ilm va izlanishlar nafaqat ishlab chiqarish jarayonini
takomillashtiradi, balki iqtisodiy o‘sish, ekologik barqarorlik va
raqobatbardoshlikka yo‘l ochadi.
Kombinat singari yirik
ishlab chiqarish korxonalari uchun ilmiy izlanishlar qilish rivojlanishning asosiy
shartidir. Ishlab chiqarish jarayonida turli muammolar yuzaga kelishi tabiiy hol.
Ammo ularni samarali hal qilish aynan ilm-fan va tahlilga tayanadi. Ushbu yo‘nalishda
korxonamizda tizimli va maqsadli ishlar qilinmoqda. Bugungi kunda kombinatda 10
nafar fan doktori va 30 nafar fan nomzodi faoliyat yuritmoqda va ular ishlab
chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazmoqda.
Ayni paytda korxonamizda
10 dan ortiq mutaxassis ilmiy ishlarini himoya qilish arafasida turibdi. Ular
orasida yosh mutaxassislar ko‘pligi quvonarli. Bu kelgusida ilmiy maktablarimiz
rivoji, innovatsion g‘oyalar va yangi ilmiy yo‘nalishlar shakllanishi uchun mustahkam
zamin yaratadi.
Kombinat va ishlab chiqarish
korxonalarida turli sohalarda minglab muhandislar faoliyat yuritmoqda. Ular orasında
ilmiy izlanishga moyil va ishlab chiqarishdagi muammolarni hal etish bo‘yicha
individual izlanishlar qilayotganlar talaygina. Ularning ilmiy hamjihatligini
yanada oshirish maqsadida bugungi kunda kombinatda konstruktorlar va yosh
muhandislar kengashlari tashkil etildi. Ushbu kengashlarning asosiy maqsadi
korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshligini
o‘shirishdan iborat. Shuningdek, yoshlarimiz ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni
sun’iy intellekt asosida takomillashtirish, samaradorlik va tejamlilikni
o‘shirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion takliflar hamda ratsionalizatorlik
g‘oyalarini o‘rganish va tahlil qilish orqali asoslangan yechimlar ishlab chiqishi ko‘zda
tutilgan. Ishlab chiqarish jarayonlarida mavjud muammoli masalalarni ko‘rib chiqish va
ularга samarali yechimlar topish kabi vazifalar ham kengash a’zolari zimmasida.
Asosiyси, yosh muhandislarning izlanishlari va amaliy faoliyatining o‘zaro
integratsiyasi hamda hamkorligini mustahkamlash kelajagimiz uchun muhim ahamiyat
kasb etadi.
Biz yoshlarga yetarlicha
e’tibor qarатib, zarur shart-sharoitlarni yaratib bersak, ularning qalbida ishtiyoq
va salohiyat jonlanadi. Yosh muhandislarimiz bilim, izlanish va innovatsion g‘oyalari
bilan nafaqat katta natijalarga erishadi, balki kelajagimiz taraqqiyotiga ham
munosib hissa qo‘shadi.
Davlatimiz rahbarining
joriy yilning 16 martida Olmaliqda bo‘lgan uchrashuvda yoshlarga qarata “O‘qisin,
izlansin, bunday korxonalarda ishlab, hayotda munosib o‘rnini topsin” degan
da’vati kombinatda ishlayotgan har bir yigit-qizimiz qalbida aks sado berdi,
desam ayni haqiqat.
Zero, bugun yoshlar ta’lim
olishi va ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanishi uchun barcha zarur imkoniyat va
shart-sharoitlar yaratilmoqda. Buni kombinat misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. O‘tgan
yilda 5- va 7-gidrometallurgiya zavodlari, shuningdek, Navoiy mashinasozlik
zavodi direktori, bosh muhandisi va quyuv tsexi boshlig‘i, Innovatsiya markazi
rahbari, markaziy boshqarmada esa transport bo‘limi boshlig‘i dolzarb masalalarga
bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ularning ilmiy
tadqiqotlari bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bog‘liqligi va ishlab
chiqarishga joriy etilgani bilan ahamiyatli. Hozir kombinatning 30 dan ortiq
muhandis va mutaxassisi geologiya, geotexnologiya, konchilik ishi, foydali
qazilmalarni boyitish, gidrometallurgik jarayonlarni takomillashtirish, axborot
texnologiyalari, energetika,
materialshunoslik, quymachilik, shuningdek, metallarga ishlov berish va
ekologiya kabi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar qilyapti.
Navoiy davlat konchilik va
texnologiyalar universiteti kon-metallurgiya sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlashga ixtisoslashgan yetakchi oliy ta’lim muassasасидир. Universitetda ta’lim
jarayoni ishlab chiqarish bilan uzviy integratsiya qilingan bo‘lib, bu talabalarining
nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni
shakllantirishga xizmat qilmoqda. Oliy ta’lim muassasasida ilmiy tadqiqot
faoliyatini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilgan.
Sanoat korxonalari bilan
o‘zaro hamkorlik asosida kon-metallurgiya sohasining dolzarb ilmiy-amaliy
muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar tizimli ravishda bajarilyapti.
Professor-o‘qituvchilar tarkibining asosiy qismi tomonidan geotexnologiya, foydali
qazilmalarni boyitish, materialshunoslik, energetika kabi yo‘nalishlarda ilmiy
izlanishlar qilinmoqda. Hozirgi kunda universitetda 47 nafar fan doktori va 175
nafar fan nomzodi faoliyat yuritmoqda. Ilmiy darajaga ega kadrlar soni yuqoriligi
ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini ta’minlashda muhim omildir. Umumiy ilmiy
salohiyat darajasi yuqori, ya’ni 65 foizni tashkil etayotgani mazkur oliy o‘quv yurtі
kon-metallurgiya sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy-innovatsion
faoliyatni samarali amalga oshirishda muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi.
Kon-metallurgiya sanoatida
ilm-fan va ilmiy izlanishlar tarmoqning samarali va barqaror rivojlanishida hal
qiluvchi omil bo‘lyapti. Zamonaviy texnologiyalar, resurslardan oqilona foydalanish
va ekologik muammolarni hal etish aynan ilmiy yondashuv asosida ta’minlanmoqda.
Korxonalar va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik, malakali mutaxassislar
tayyorlash va yoshlarni ilmga jalb etish soha taraqqiyoti uchun mustahkam zamin
yaratadi.
Sun’iy intellekt va raqamlashtirish — davr talabi
Davlatimiz rahbari
topshirig‘i asosida Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda Navoiy
kon-metallurgiya kombinatida 2025-2030 yillarda sun’iy intellekt
texnologiyalarini joriy etish va startap loyihalarni amalga oshirish “yo‘l xaritasi”
tasdiqlandi. Hujjat doirasida korxona faoliyatining geologiya-qidiruv, tog‘-kon
ishlari, rudani qayta ishlash, sanoat xavfsizligi, uskunalarga texnik xizmat
ko‘rsatish va energiya resurslarini boshqarish kabi asosiy yo‘nalishlarini qamrab
olgan 24 ta sun’iy intellekt va startap loyihasini amalga oshirish ishlari
boshlangan.
Katta hajmdagi
ma’lumotlarni qayta ishlash va yuqori unumli hisoblash infratuzilmasi
shakllantirilmoqda hamda keng ko‘lamli kadrlar tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Korxonaning 2000 dan ortiq mutaxassisi sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha
o‘qitildi.
Bugungi kunda sun’iy
intellektga asoslangan birinchi yechimlar, jumladan, sanoat xavfsizligi
videotahlili tizimlari, shaxsiy himoya vositalarini taqishni nazorat qilish, karer
texnikasi haydovchilari holati monitoringi, shuningdek, kadrlar tanlash, xaridlar
va hujjatlar tahlili uchun sun’iy intellekt yordamchilari — AI assistentlar joriy
etildi.
Muruntov konida
karerning raqamli modellarini yaratish va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish
nazoratini ta’minlaydigan uchuvchisiz uchish apparatlari va sun’iy intellekt
texnologiyalaridan foydalangan holda kon massasini qazib olish hajmini yuqori
aniqlikda hisoblash tizimini joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshirildi.
2026 yilda kadrlar va
xarid jarayonlarini avtomatlashtirish uchun sun’iy intellekt tizimlari, mehnatni
muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi bo‘yicha tahliliy tizimlar, karer
texnikasini nazorat qilish uchun videotahlilni rivojlantirish, chiqindi
omborlarining sun’iy yo‘ldosh geodinamik monitoringi, shuningdek, uskunalarga
bashoratli xizmat ko‘rsatish, energiya iste’molini optimallashtirish va suv
resurslarini boshqarishning intellektual tizimlarini o‘z ichiga olgan 10 ta sun’iy
intellekt loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Mikroseysmik monitoring
va geodinamik xavflarni bashorat qilishning intellektual algoritmlarini joriy
etishni nazarda tutuvchi “Xavfsiz raqamli shaxta”, ishlab chiqarish jarayonlarini
boshqarish uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llagan holda yangi avlod MES
tizimini joriy etishga qaratilgan “SI — Raqamli gidrometallurgiya” loyihalari
asosiy loyihalar hisoblanadi.
Ushbu loyihalar
kon-metallurgiya ishlab chiqarishining intellektual raqamli modelini shakllantirish,
ruda qazib olish va qayta ishlash samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish
xatarlarini kamaytirish va mehnat unumdorligi yanaда o‘sishini ta’minlash imkonini
beradi.
Ulug‘vor vazifalar
Navoiy
kon-metallurgiya kombinatiда davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan, yaqin
kelajakdagi vazifalarni so‘zsiz bajarish bo‘yicha ishlar jadallik bilan davom
etmoqda. Jumladan, “Muruntov konini o‘zlashtirish. V navbati 2-bosqichi” va
“Nuqrakon va Kosmonachi konlaridan kumush ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash
majmuasini qurish”, “Qo‘qpatаs va Dovg‘iztov oltin konlarida ma’dan qazib olish.
III-navbati” kabi investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.
Zarafshon shahrida esa
“Oltin vodiysi” madaniyat saroyi kapital ta’mirlanib, foydalanishga topshiriladi.
Navoiy kon-metallurgiya
kombinati jamoasi yuksak mas’uliyat, qat’iy intizom va o‘zaro hamjihatlik asosida
samarali faoliyat yuritib, zamonaviy texnologiyalarni izchil joriy etish hamda ishlab
chiqarish quvvatlarini kengaytirish orqali barqaror rivojlanish va yangi yutuqlarga
erishib kelmoqda.
Har yili may oyining uchinchi yakshanbasi O‘zbekistonda konchilik va metallurgiya xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Fursatdan foydalanib, Tog‘-kon sanоati va geologiya vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, O‘zbekiston metallurgiya kombinati hamda barcha hamkor tashkilotlar jamoalarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.
Quvondiq SANAQULOV,
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi — bosh direktori