Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan DXX Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda "Qoraqalpog‘iston" temiryo‘l chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk poyezdi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, sisternalardan birining tashqi qismidagi rama ichiga qog‘oz va qora izolenta bilan o‘ralgan holda yashirilgan o‘tkir hidli modda aniqlandi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 28,54 gramm quritilgan marixuana ekanligi tasdiqlandi.

Shuningdek, "Dovut ota" chegara bojxona posti orqali mamlakatimiz hududiga kirib kelgan "Volvo" rusumli yuk avtomashinasi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, transport vositasi salonidagi javonda yashirilgan polimer paketda giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda borligi aniqlandi.

Ekspertiza natijalariga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 1,94 gramm quritilgan ko‘knori somoni ekanligi ma’lum bo‘ldi.