270 gektarda ilgʻor arxitektura yechimlari va energiya tejamkor texnologiyalar asosida osmonuqar binolar, biznes, savdo va servis markazlari, yashil xiyobonlar barpo etiladi. Investitsiya loyihalariga xorijdan salohiyatli investorlar jalb qilinadi.

Nukusdagi Mustaqillik koʻchasi tunu kun ishlaydigan maskanga aylandi. 28 nafar tadbirkor ish boshlab, 50 nafarining faoliyati kengaygani hisobiga bir haftada savdo tushumi 2 karra oshdi.

Nur va Elobod mahallalari Olmazorning Qichqiriq mahallasi namunasida obod qilinadi. Navroʻz bayramigacha shu yerdagi istirohat bogʻida aholinni jalb qiladigan zamonaviy maskan barpo etish topshirildi.

Kegaylida 3,5 kilometr zovurni yopib, 100 ta servis obyekti qurish boshlangan. Buning hisobiga 320 ta ish oʻrni yaratiladi.

Qolgan viloyat hokimlariga ham Navroʻzgacha oʻzlariga biriktirilgan tumanlarda bittadan mahalla va markaziy koʻchada shunday loyihalarni amalga oshirish vazifasi qoʻyildi.

Obod qilingan koʻcha va mahallalarga aholining oʻzi baho berishi, odamlar maʼqul topsa, ushbu koʻchalarga ularni obod qilgan viloyatlar nomini berish taklifi bildirildi.

Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpogʻistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.