Bu haqda Qozog‘istonning “Zakon” portaliga tayanib, “Dunyo” AA xabar berdi.
Toshkent shahrida uch davlat suv-energetika idoralari rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida uch tomonlama bayonnoma imzolandi. Unda yaqin ikki oy uchun To‘xtog‘ul suv omboridan suv chiqarish hajmlari va rejimlari bo‘yicha kelishilgan tartiblar mustahkamlab qo‘yildi. Tadbirda uch mamlakatning energetika va suv xo‘jaligi sohalariga mas’ul vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi.
Tomonlar vegetatsiya davrida janubiy hududlarni yetarli hajmda suv bilan ta’minlash asosiy masala ekanini ta’kidladi. Ularning fikricha, mazkur bayonnomaning imzolanishi sug‘orish mavsumi boshida barqaror suv ta’minotini ta’minlash hamda Qozog‘iston va O‘zbekiston fermerlari uchun xavf-xatarlarni kamaytirish imkonini beradi.
Shuningdek, idoralar rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi iyun oyining o‘rtalarida Bishkek shahrida bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi. Unda iyul–sentyabr oylari uchun suv yetkazib berish jadvallari va hajmlarini kelishib olish rejalashtirilgan.
Xabar qilinishicha, mazkur kelishuvdan oldin mavsumlararo muvofiqlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Uning doirasida Qozog‘iston Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib bergan bo‘lib, bu To‘xtog‘ul suv omboridagi suv zaxiralarini qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun saqlab qolish imkonini bergan.