Hozirgi kunda Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasiga köra oʻğrilik, yaʼni özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş jinoyat deb hisoblanadi va Jinoyat kodeksi 169-moddasi 1-qismi uçun şaxs bazaviy hisoblaş miqdorining ellik baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz oltmiş soatgaça majburiy jamoat işlari yoki ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolansa, uşbu moddaning oxirgi qismi uçun esa sakkiz yildan ön beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Amaldagi jinoyat qonunçiligiga köra öğrilik jinoyati uçun eng yengil jazo sifatida şaxsga bazaviy hisoblaş miqdorining ellik baravarigaça miqdorda jarima qöllanilsa (JK 169-moddasi 1-qismi), mazkur jinoyat uçun eng oğir jazo sifatida şaxs sakkiz yildan ön beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi (JK 169-moddasi 1-qismi).

Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqiçida öğrilik jinoyati global muammoga aylanib bormoqda. BMTning sönggi ma’lumotlariga köra, dunyo böyiça sodir etilayotgan jinoyatlarning 60-65 foizini aynan mulkiy jinoyatlar taşkil etadi. Öğrilik jinoyatlarining oldini oliş turli xorijiy mamlakatlarda turliça tartibga solinadi va unga qarşi kuraşiş usullari ham farq qiladi.

Xorij tajribasini örganiş, tahlil qiliş va umumlaştiriş uçun ayrim xorijiy mamalakatlar, xususan, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya va Qozoğiston tajribasi muhokama qilindi.

Germaniya jinoyatçilikka qarşi kuraşda profilaktik yondaşuvni asosiy ustuvor yönaliş sifatida qabul qilgan davlatlardan biridir. Germaniyada öğrilik jinoyatiga qarşi kuraşiş siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi: birinçidan, jinoyat sodir etilişidan oldin uni bartaraf etiş; ikkinçidan, jamoatçilik va davlat organlari hamkorligi; uçinçidan, texnologik vositalardan keng foydalaniş; törtinçidan, ilmiy-statistik monitoring.

Germaniyada kriminalprävention (jinoyatçilik profilaktikasi) konsepsiyasi qabul qilingan bölib, mazkur konsepsiyasining tizimli ravişda joriy etilişi uşbu davlatda öğrilik jinoyatlarining kamayişiga olib kelgan muhim omillardan biri hisoblanadi.

Germaniya davlatida öğrilik jinoyatiga qarşi kuraşda maxsus bir usul bölib, bu usul “predictive policing” deb ataladi. Mazkur usul orqali jinoyat sodir etilişidan oldin uning oldini oliş imkonini beradi.

Germaniya tajribasida asosiy e’tibor öğrilik jinoyatiga qarşi kuraşni tizimli boşqaruv orqali amalga oşirişga qaratiladi. Masalan, politsiya statistik ma’lumotlar asosida qaysi hududlarda öğrilik sodir böliş ehtimoli yuqori ekanini aniqlaydi va şu hududlarda nazorat yanada kuçaytiriladi.

Germaniya tajribasining yana e’tiborli jihati şundaki, mazkur mamlakatda mulk daxlsizligi uçun davlat byudjetidan moliyaviy mablağlar ajratiladi. Mamlakat fuqarolari öz uylariga signalizatsiya yoki xavfsizlik uskunalari örnatganda xarajatlarning bir qismini davlat byudjetidan qoplanadi. Bu fuqarolarning öz mulkini himoya qilişga bölgan işonçini yanada oşiradi.

Germaniya tajribasidan kelib çiqib, Özbekiston uçun tatbiq etilişi mumkin bölgan çora-tadbirlar:

Birinçidan, öğrilik jinoyatiga qarşi kuraşiş böyiça milliy profilaktika konsepsiyasini işlab çiqiş. Uşbu jinoyatga qarşi kuraşni yagona davlat siyosati darajasiga kötariş lozim.

Ikkinçidan, kriminologik monitoring markazlari taşkil etiş. Statistik tahlil asosida prognozlaş tizimini yaratiş albatta öğrilik jinoyatiga qarşi kuraşda samarali natijalar beradi.

Uçinçidan, raqamli xavfsizlik infratuzilmasini rivojlantiriş. Bunda eng muhim manba bölgan sun’iy intellekt asosidagi kuzatuv tizimlarini joriy etiş özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qilişdan iborat öğrilik jinoyatçiligini kamaytiradi.

Törtinçidan, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oşirişga qaratilgan tarğibotlarni kuçaytiriş. Aholining huquqiy madaniyatini oşiriş jinoyatlarning oldini olişda eng samarali usullardan biri bölib hisoblanadi.

Beşinçidan, takroriy va residiv öğrilik jinoyatçiligini kamaytirişga oid dasturlari işlab çiqiş va joriy etiş. Bu oldin öğrilik jinoyatini sodir etgan mahkumlarni ijtimoiy moslaştiriş orqali takroriy va residiv öğrilik jinoyatçiligini kamayişiga olib keladi.

Fransiyada öğrilik jinoyatçiligiga qarşi kuraşda preventiv-analitik xavfsizlik konsepsiyasi qabul qilingan bölib, u öğrilik jinoyati sodir etilgandan keyingi uni sodir etgan şaxsni jazolaşdan köra, uşbu jinoyat sodir etilişidan oldingi xavfni kamaytirişga qaratilgan.

Fransiyada öğrilik jinoyatçiligi profilaktikasi ikkita tizimning kombinatsiyasiga asoslangan bölib, markazlaşgan boşqaruv va mahalliy hamkorlik modeliga asoslanadi. Masalan, milliy politsiya; jandarmeriya; mahalliy xavfsizlik kengaşlari; prokuratura organlari; munitsipal boşqaruv tuzilmalari; xususiy xavfsizlik sektori kabilar içki xavfsizlik tizimida özaro integratsiyalaşgan holda faoliyat yuritadi. Ular örtasidagi özaro hamkorlik “mahalliy xavfsizlik şartnomalari”ga asoslangan bölib, bir-biri bilan tezkor axborot almaşiş imkoniyatini beradi. Mazkur şartnomalar öğrilik jinoyati bilan boğliq hududiy kriminogen vaziyatni kompleks örganiş asosida işlab çiqiladi. Bunda har bir hudud uçun individual profilaktika strategiyasi işlab çiqaladi.

Fransiyada öğrilikka qarşi kuraşda profilaktika çoralarining asosiy yönalişlari quyidagilar hisoblanadi:

Birinçisi, texnologik xavfsizlik infratuzilmasi, ya’ni mazkur profilaktika çora-tadbirda videokuzatuv tizimlari, biometrik identifikatsiya vositalari, raqamli monitoring platformalari va avtomatlaştirilgan signalizatsiya tizimlari keng qöllaniladi. Uşbu texnologiyalar öğrilik jinoyatini barvaqt sodir etilişini oldini oliş uç muhim funksiyani bajaradi. Masalan, deterrensiya (ogohlantiruvçi ta’sir); tezkor aniqlaş; dalillarni mustahkamlaş va hokozalar. Kriminologik kuzatuvlar şuni körsatadiki, videokuzatuv örnatilgan hududlarda köça öğriliklari örtaça 20–40 foizgaça kamayadi.

Ikkinçisi, analitik prognozlaş va kriminal profilaktika, ya’ni milliy politsiya va jandarmeriya faoliyatida “data-driven policing” modeli joriy etilgan bölib, bu öğrilik jinoyatçiligiga oid statistik ma’lumotlar, sun’iy intellekt algoritmlari va kriminologik modellaştiriş asosida mazkur jinoyatçilik xavfini prognozlaş imkonini beradi. Statistik ma’lumotlar, sun’iy intellekt algoritmlari va kriminologik modellaştiriş iborat tizim öğrilik jinoyatini sodir etiş ehtimoli yuqori hududlar; kriminogen öçoğlari va xavf guruhlarini, vaqt omiliga boğliq öğrilik jinoyatçiligi dinamikasini aniqlaydi. Undan keyin patrullik kuçlari, operativ guruhlar va profilaktika resurslari ilmiy tahlil asosida joylaştiriladi va öğrilik jinoyatlari barvaqt oldi olinadi.

Uçinçisi, jamoatçilik asosidagi profilaktika, ya’ni Fransiyada fuqarolar uçun maxsus raqamli platformalar işlab çiqilgan bölib, qöşnilar nazorati dasturlari; fuqarolar kuzatuv guruhlari; ijtimoiy profilaktika volontyorlari iborat jamoatçilik sodir etilişi mumkin bölgan öğrilik jinoyatlari haqida tezkor xabar beralidi va uşbu jinoyatçilik profilaktikasi öz vaqtida ta’minlanadi.

Törtinçisi, ijtimoiy profilaktika va reabilitatsiya, ya’ni öğrilik jinoyatini sodir etgan şaxslar bilan individual işlaş dasturlarining işlab çiqilişi va joriy etilişi bilan boğlib bölib, ular psixologik konsultatsiya; kasbiy tayyorlaş; bandlik dasturlari; ijtimoiy moslaşuv treninglaridan iborat böladi.

Fransiya tajribasidan kelib çiqib, Özbekiston uçun tatbiq etilişi mumkin bölgan çora-tadbirlar:

Fransiya tajribasining eng muhim modelilarni tahlil qilgan holda milliy darajada öğrilik jinoyatini sodir etiş sabab va şart-şaroitlaridan iborat kriminogen vaziyat xaritalarini yaratiş; xavfsizlik texnologiyalariga davlat subsidiyalarini joriy etiş; fuqarolar uçun xavfsizlik mobil ilovasini işlab çiqiş; probatsiya xizmatlarini kuçaytiriş; kriminologiya va kriminalistika böyiça ilmiy markazlarni taşkil etiş va ularning samarali faoliyat yaratişi uçun şaroitlar yaratib beriş.

Janubiy Koreyada öğrilik jinoyatçiligiga qarşi kuraş va uni oldini olişda preventiv xavfsizlik modeli qabul qilingan bölib, u ilmiy prognozlaş, texnologik monitoring, hududiy risk tahlili va ijtimoiy nazorat institutlaridan iborat kombinatsiyalaşgan tizimlarga asoslanadi.

Statistik ma’lumotlarga köra, Koreyada öğrilik jinoyatçiligi dinamikasining kamayişida quyidagilar muhim ahamiyat kasb etadi: sun’iy intellektga asoslangan monitoring va tizimli profilaktika.

Janubiy Koreyada öğrilik jinoyatçiligiga qarşi kuraş va uni oldini olişda quyidagi samarali işlagan profilaktik metodlar mavjud:

Birinçisi, aqlli kuzatuv infratuzilmasi (Smart Surveillance System), ya’ni Janubiy Koreyada hududlarning katta qismida sun’iy intellekt bilan integratsiyalaşgan videokuzatuv tizimlari joriy etilgan bölib, mazkur sun’iy intellekt bilan integratsiyalaşgan videokuzatuv oddiy kuzatuv emas, balki kriminologik va analitik tahlildan iborat monitoring funksiyasini bajaradi. Masalan, dastlab,öğrilik jinoyat sodir etilişidan oldin şubhali harakatlarni aniqlaş; ikkinçidan, avtomatik ogohlantiriş signalini yuboriş; uçinçidan, jinoyat sodir etiliş ehtimolini kriminologik prognozlaş. Statistik ma’lumotlarga köra, sun’iy intellekt bilan integratsiyalaşgan videokuzatuv tizimlar mavjud hududlarda öğrilik jinoyatlari sodir etilişi sezilarli darajada kamayganini körsatgan.

Ikkinçisi, predictive policing modeli bölib, bunda politsiyasi öğrilik jinoyatçiligini kriminologik prognozlaş algoritmlaridan foydalanadi. Masalan, öğrilik jinoyatçiligini kriminologik prognozlaş algoritmlari mazkur jinoyat sodir etiliş ehtimoli yuqori hududlarni aniqlaydi va muayyan bir tizimga jamlaydi. Keyin, vaqt omili asosida öğrilik jinoyatçiligiga oid kriminogen vaziyat oğir va xavf guruhlarini belgilaydi. Undan keyin esa, mazkur kriminogen xavf mavjud hudud öçoqlariga nazorat-patrullik kuçlarini tizimli ravişda joylaştiradi.

Mazkur modelning eng samarali tomoni ilmiy asoslangan reja asosida öğrilik jinoyati sodir etilişini barvaqt oldini olişga xizmat qiladi. Uşbu model ayniqsa an’anaviy öğriliklar va xonadon öğriligi kabi jinoyatlarni barvaqt oldini olişda samarali hisoblanadi.

Uçinçisi, fuqarolar bilan raqamli hamkorlik tizimi bölib, unda –fuqarolar politsiya bilan mobil ilovalar orqali bevosita hamkorligi tizimli ravişda yölga qöyiladi. Masalan, Janubiy Koreyada fuqarolar öğrilik jinoyatini sodir etişi mumkin bölgan şubhali şaxslar haqida xabar beradi, yöqolgan mulk haqida tezkor ma’lumot yuboradi va real vaqt rejimida xavfsizlik ogohlantirişlarini oliş imkoniyatiga ega böladi.

Törtinçisi, situatsion profilaktika infratuzilmasi, ya’ni Janubiy Koreyada “Crime Prevention Through Environmental Design (CPTED)” konsepsiyasi qabul qilingan bölib, mamlakatda öğrilik jinoyatçiligini kamaytiriş uçun yoritilgan köçalar, umumiy kiriş joylarida kameralar, himoyalangan kiriş yölaklari, avtomatik aqlli qulflar orqali şahar dizayni xavfsizlik çora-tadbirlariga asoslangan barpo etiladi.

Beşinçisi, reabilitatsiya va kuçaytirilgan nazorat, ya’ni Janubiy Koreya tajribasida öğrilik sodir etgan şaxslar uçun individual ijtimoiy dasturlar işlab çiqiladi va ularga tadbiq etiladi. Ular; kasbiy qayta tayyorlaş, majburiy psixologik treninglar, ular haqida axborot beruvçi elektron nazorat tizimi. Reabilitatsiya va kuçaytirilgan nazoratni aniq maqsadli va tizimli ravişda qöllanişi natijasida takroriy öğrilik jinoyatçilik darajasi samarali ravişda oldi olinadi.

Janubiy Koreya tajribasidan kelib çiqib, Özbekiston uçun tatbiq etilişi mumkin bölgan çora-tadbirlar:

Birinçidan, milliy risk-xarita tizimini yaratiş. Bu öz içiga öğrilik jinoyatçilik statistikasi asosida hududiy xavf indekslari işlab çiqişdan iborat böladi.

Ikkinçidan, sun’iy intellekt bilan integratsiyalaşgan videokuzatuv tizimlarini bosqiçma-bosqiç joriy etiş. Bu öz içiga avvalo kriminogen vaziyati oğir hududlardan boşlaşdan iborat böladi.

Uçinçidan, fuqarolarni özini-özi boşqariş organi bölgan mahalla asosida öğrilik jinoyatçiligini barvaqt oldini oliş profilaktika platformasi yaratiş. Bu öz içida mahalla fuqarolaridan iborat jamoatçilik nazoratini oladi.

Törtinçidan, fuqarolar uçun yagona mobil xavfsizlik ilovasini işlab çiqiş. Bu öz içiga raqamli xabar beriş imkoniyatidan iborat bölgan tezkor axborot almaşişni oladi.

Beşinçidan, Sun’iy intellekt bilan integratsiyalaşgan kriminologik prognozlaş markazlarini taşkil etiş. Bu öz içiga sodir etilişi mumkin bölgan öğrilik jinoyatlarini barvaqt oldini oliş texnologiyalarini joriy etişni oladi.

Qozoğistonda 2024-yildan boşlab kiberjinoyatçilikka qarşi qarşi kuraşuvçi maxsus departament faoliyatini kuçaytirdi. Elektron tölov tizimlaridagi firibgarlik va öğriliklarni aniqlaş uçun sun’iy intellekt asosidagi monitoring tizimlari joriy etildi. Banklar va moliyaviy muassasalar bilan ma’lumot almaşiş mexanizmlari örnatildi. Bu çoralar raqamli firibgarlik va öğriliklar iborat jinoyatlarning sonini 40 foizga kamayişiga olib keldi.

Özbekiston aholisiga axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan öğrilik jinoyatining qurboniga aylanmasliklari uçun quyidagi tavsiyalarni beriladi:

ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborilgan şubhali xabar va havolalarga e’tiborsiz böliş;

“Click jacking” qurboniga aylanmaslik uçun telegram yoki boşqa messenjerlar orqali kelayotgan “ovoz beriş” yoki “qöllab-quvvatlaş” haqidagi şubhali xabarlarni e’tiborsiz qoldiriş;

mobil telefonga SMS şaklida kelgan bir martalik kodni özgalarga oşkor qilmaslik;

xavfsiz mobil ilovalar va operatsion tizimlardan foydalaniş;

sodda va taxminan aniqlanişi mumkin login va parollardan foydalanmaslik;

bank plastik kartasi töğrisidagi ma’lumotlarni özga şaxslarga bermaslik, ulardan elektron tarzda foydalanişda ehtiyotkor böliş;

bank plastik kartasi yoki uşbu karta ulangan mobil telefonlardan begonalarning foydalanişiga yöl qöymaslik;

uç bosqiçli autentifikatsiyadan doimiy foydalaniş;

bankomatdan naqd pul olayotganda plastik karta parolini özga şaxslar kuzatmayotganiga işonç hosil qiliş kabi tavsiyalarga amal qiliş lozim.

Öğrilik özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qilişdan iborat jinoyat bölib, uni şartli ravişda an’anaviy öğrilik jinoyati, jabrlanuvçining kiyimi, sumkasi yoki boşqa qöl yukidagi aşyoga nisbatan öğrilik (kissavurlik), telefon apparatlari öğriligi, xonadonda sodir etiladigan öğrilik, qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib sodir etiladigan öğrilik, transport vositasidan sodir etiladigan öğrilik va boşqalarga bölinadi.

Öğrilik jinoyatning yuqoridagi turlariga qarşi kuraşda ularning har birining sodir etiliş aniq sabab va şart-şaroitlarini örganiş hamda öğrilik jinoyatining barvaqt oldini oliş yuzasidan ayrim ilğor xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil qiliş, ulardan foydalaniş mazkur turdagi jinoyatçilikka qarşi kuraşda samarali natijalar beradi.

 

F.Xudaykulov,
TDYU Jinoyat huquqi, kriminologiya va
korrupsiyaga qarşi kuraşiş
şöbasi(kafedrasi) professori, yu.f.d (DSc)