Jumladan, RF Bolalar ombudmani tomonidan zaruriy ko‘mak ko‘rsatilib, bolalar joylashgan hududlarda, jumladan, Novosibirsk, Qozon, Tula va Moskva viloyatlarida ular uchun barcha qulay va munosib shart-sharoitlar (Maxsus parvarish, yotoq, rejimli ovqatlanish, kiyim-kechak va kerakli ashyolar) bilan ta’minlandi.
Bugun, 2026-yil 29-avgust kuni 12 nafar bola IIV mas’ullari tomonidan yurtimizga qaytarildi.
Hozirda olib kelingan bolalar Toshkent shahar IIBB huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga vaqtincha joylashtirildi.
Bolalar ombudsmani xorijda qarovsiz qolgan bolalarni Vatanga qaytarilishi yo‘lida xorijiy hamkorlari va milliy mutassadilar bilan o‘zaro konstruktiv muloqotni davom ettiradi.