Saida Mirziyoyevaning qayd etishicha, Marko Rubio jurnalistlar bilan muloqotda Samarqand ko‘p asrlar davomida xalqaro savdo aloqalarining muhim markazi bo‘lib kelganini ta’kidlagan.

«Bugun esa ushbu zaminda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.

Uning ta’kidlashicha, AQSh Davlat kotibining O‘zbekistonga ilk tashrifi aynan Samarqandda o‘tayotgani o‘ziga xos ramziy ma’noga ega.