Muzokaralar davomida qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va taʼlim sohalarida istiqbolli qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva Oʻzbekiston investitsiyalar uchun ochiq ekanini hamda Gongkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligini taʼkidladi.

Shuningdek, qoʻshma tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali qoʻllab-quvvatlashga tayyorgarlik bildirildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Gongkong oʻrtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.