“Tanlagan yoʻlimiz aniq — ochiqlik, yaxshi qoʻshnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini eʼzozlash tarafdorimiz”, — dedi Saida Mirziyoyeva.
U nutqida Markaziy Osiyodagi tub oʻzgarishlar, Oʻzbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, sunʼiy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini taʼminlash masalalariga toʻxtalib oʻtdi.
Saida Mirziyoyeva, shuningdek, bugun hech bir davlat global muammolarni yolgʻiz oʻzi hal qila olmasligini taʼkidladi.
Uning qayd etishicha, Oʻzbekiston ishonch va oʻzaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yoʻlida munosib hissa qoʻshishga doimo tayyor.