«Sizlarga mamnuniyat bilan bir xuşxabarni yetkazmoqçiman: nihoyat, bugundan Özbekistonda Apple Pay va Google Pay tölov xizmatlari işga tuşdi», — deb yozdi u.

Mazkur xizmatlarni joriy etiş Özbekistonning xalqaro raqamli tölovlar ekotizimiga integratsiyalaşuvida muhim qadam böldi.

Avvalroq Saida Mirziyoyeva Google kompaniyasi vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uçraşuvda xalqaro tölov tizimlaridan foydalaniş uçun zarur huquqiy va texnologik şaroitlarni yaratiş masalalarini muhokama qilgan edi.

Apple Pay va Google Pay xizmatlari fuqarolar hamda xorijiy mehmonlarga smartfon orqali kontaktsiz tölovlarni amalga oşiriş imkonini beradi. Bu kundalik hisob-kitoblarni soddalaştiriş, naqd pulga ehtiyojni kamaytiriş va sayyohlar uçun qulaylik yaratişga xizmat qiladi.

Şuningdek, xalqaro raqamli tölov xizmatlarining işga tuşirilişi Özbekistonning global texnologik hamkorlikdagi iştirokini kengaytiriş va raqamli tölov infratuzilmasini rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar oçadi.