Bugun beminnat yordam qo'lini cho'zayotgan barchaga, birinchi navbatda, tegishli idoralar bilan birgalikda oziq-ovqat, boshpana va psixologik yordam ko'rsatgan poytaxtimizning jonkuyar aholisiga minnatdorlik bildiraman.
⠀
Qutqaruvchilar — Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya xodimlariga, tez tibbiy yordam shifokorlariga alohida rahmat aytaman. Agar o'z vaqtida tegishli choralar ko'rilmaganda fojia oqibatlari bundan-da yomon bo'lishi mumkin edi.
⠀
Sizlar — mamlakatimizning haqiqiy vatanparvarlarisiz.
⠀
Ishontirib aytmoqchimanki, Prezidentimiz topshiriqlari bilan fojia oqibatlarini tezda bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlar ishga solingan. Davlatimiz rahbari uchun har bir fuqaro muhim va qadrli. Fursatdan foydalanib, jabrlanganlarning oila a'zolariga o'zimizning chuqur hamdardligimizni bildiramiz.
⠀
Bunday kunlar bizni ham birlashtiradi, ham sinaydi. Barchamiz mavjud vaziyatdan to'g'ri saboq chiqaramiz, deb umid qilaman.
⠀
Yurtimiz tinch bo'lsin.
Saida Mirziyoyeva: Sinovli kunlar barchamizni birlashtiradi
Prezident yordamchisi beminnat yordam qo'lini cho'zayotganlarga minnatdorlik bildirdi
Toshkentdagi "O‘zbekiston" mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi
- Fermer xo‘jaliklari 64,3 mlrd. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
- Laos ShHTning muloqot bo‘yicha sherigi maqomini oldi
- Qoraqalpog‘istonning qator hududlarida bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopiladi
- Ohangaron tumanidagi chiqindixonada yong‘in sodir bo‘ldi
- Energetika vazirligi yozgi mavsumda uzluksiz elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha choralarni kuchaytirmoqda
Ilgiz Tantashev Paragvay — Fransiya o‘yini boshqaradi
- Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
- Prezidentimiz “Navbahor” futbol klubining akademiyasida boʻldi
- Toʻraqoʻrgʻonda toʻliq zanjirli parrandachilik loyihasi amalga oshirilmoqda
- Yangi Namanganda IT-park qurilishiga tamal toshi qoʻyildi
- Yoshlarga davlat mukofotlari topshirildi