Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i J.R. “Zarafshon” MFY hududidagi 150 tup terak daraxtlari kesilganligi holati bo‘yicha to‘plangan hujjatlar yuzasidan chora ko‘rmaslik va tabiatga yetkazilgan zararni kamaytirish, transport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga fuqaro J.S.dan 11 mln so‘mlik kompyuter jamlanmasini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.