Samarqand viloyati Toyloq tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining bo‘linma boshlig‘i o‘zining mansabdor tanishlari orqali yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexi uchun sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirib berish evaziga 9 mln so‘m talab qilgan.
Avvalroq 100 AQSh dollari va 500 ming so‘m olgan mazkur shaxs so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 400 AQSh dollari olgan vaqtida DXX, IJQKD va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.