Bu O‘zbekistonning ushbu sport turi bo‘yicha mintaqaviy sport xabi sifatidagi maqomini mustahkamladi.
2 yil ichida tadbir ko‘lami sezilarli darajada kengaydi: 45 ta davlatdan 1000 dan ortiq sportchi tashrif buyurdi (3 baravar o‘sish), ishtirokchi va mehmonlar soni esa 15 mingdan oshdi. 100 dan ortiq Olimpiada va Jahon chempionati sovrindorlarining ishtiroki yuqori darajadagi raqobatni ta’minladi.
Erkaklar o‘rtasida WTCS (Elita) yo‘nalishida Vasko Vilasa (Portugaliya), ayollar o‘rtasida esa Bet Potter (Buyuk Britaniya) g‘olib bo‘ldi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning ikki nafar paraatleti bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Mehmonlar oqimi hudud iqtisodiyotiga taxminan $3 mln miqdorida daromad keltirdi.