FVVning maʼlum qilishicha, 8-aprel kuni soat taxminan 18:00 larda Samarqand viloyati FVB navbatchilik qismiga “Oltin asr” mahallasida joylashgan qurilish obyektlarining birida fuqaro tuproq ostida qolib ketgani haqida xabar kelib tushgan.
Qisqa vaqt ichida hodisa joyiga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus asbob-uskunalar yordamida jabrlanuvchini tuproq ostida qolgan joydan tezkorlik bilan chiqarib olgan va unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatgan.
Jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar maʼlumotiga koʻra, uning hayoti va sogʻligʻiga xavf yoʻq boʻlib, yaqin kunlarda tibbiyot muassasasidan chiqarilishi kutilmoqda.