Qoʻmita maʼlumotiga koʻra, oʻrganishlar aholiga koʻrsatilayotgan pullik tibbiy xizmatlar narxlarining shakllantirilishida qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan oilib borilgan.

Sirdaryo viloyatidagi Guliston tibbiyot klasterida oʻtkazilgan tekshiruvda muassasa 2024 yil davomida 110 turdagi pullik tibbiy xizmat boʻyicha hisob-kitoblarda xatolikka yoʻl qoʻygani aniqlangan. Buning natijasida 100 ming nafarga yaqin fuqarodan 340 million soʻmga yaqin mablagʻ asossiz undirilgan.

Shundan soʻng hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan Guliston tibbiyot klasteriga ushbu mablagʻni isteʼmolchilarga qaytarish boʻyicha majburiy koʻrsatma berilgan.

Jizzax viloyatidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filialida ham shunga oʻxshash holat aniqlangan.

Tekshiruvlarga koʻra, 2023–2025 yillar davomida pullik tibbiy xizmatlar narxi notoʻgʻri hisoblanishi oqibatida 40,5 mingga yaqin mijozdan 100 million soʻmdan ortiq mablagʻ asossiz olingan.

Mazkur holat yuzasidan muassasaga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, mablagʻni isteʼmolchilarga qaytarish boʻyicha majburiy koʻrsatma berilgan.