Bu haqda qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soliq organlari tizimida ilk bor shuncha miqdordagi rahbar kadrlar roʻyxati ochiq tarzda jamoatchilikka eʼlon qilingan.
Qoʻmitaga koʻra, yangi tayinlovlarda yosh va salohiyatli, zamonaviy boshqaruv koʻnikmalariga ega rahbar kadrlarni hududiy tizimlarga jalb etishga eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, tayinlanganlar orasida ayol rahbarlar ham bor.
Tayinlangan rahbarlar roʻyxati:
Andijon viloyati
- Boʻston tumani SI boshligʻi — Shamsutdinov Alibek Rashid oʻgʻli;
- Marhamat tumani SI boshligʻi — Erkaboyev Fazliddin Sharobiddinovich;
- Paxtaobod tumani SI boshligʻi — Mamatov Kamoliddin Raximjonovich.
Jizzax viloyati
- Forish tumani SI boshligʻi — Islamov Jasurbek Nematovich;
- Yangiobod tumani SI boshligʻi — Mustafoqulov Qobiljon Nabijanovich.
Qashqadaryo viloyati
- Qarshi shahar SI boshligʻi — Xomidov Aʼzam Tashkanovich;
- Koʻkdala tumani SI boshligʻi — Sobirov Shohboz Soibqiron oʻgʻli;
- Muborak tumani SI boshligʻi — Niyozova Sugʻdiyona Mexmonovna;
- Shahrisabz tumani SI boshligʻi — Saʼdullayev Iskandar Asadovich.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
- Kegeyli tumani SI boshligʻi — Risnazarov Ruslan Mambetbayevich;
- Nukus shahar SI boshligʻi — Seyitov Aydos Iskenderovich;
- Chimboy tumani SI boshligʻi — Artikov Sultan Jarilkaganovich.
Navoiy viloyati
- Gʻozgʻon shahar SI boshligʻi — Umarova Zahro Furqat qizi;
- Qiziltepa tumani SI boshligʻi — Pirmatov Umidjon Karimovich.
Namangan viloyati
- Chortoq tumani SI boshligʻi — Turgʻunov Sardor Mahmudovich.
Samarqand viloyati
- Jomboy tumani SI boshligʻi — Gʻafurov Firuz Kurbonboyevich;
- Kattaqoʻrgʻon tumani SI boshligʻi — Otamurodov Murodali Yusupovich.
Sirdaryo viloyati
- Shirin shahar SI boshligʻi — Abduqayumova Munira Safarovna.
Surxondaryo viloyati
- Angor tumani SI boshligʻi — Xudoyqulov Ilhom Yuldashovich;
- Termiz tumani SI boshligʻi — Shoturayeva Maftuna Elturayevna;
- Uzun tumani SI boshligʻi — Xushvaktov Abdurahmon Shukurovich;
- Shoʻrchi tumani SI boshligʻi — Nazarov Akmaliddin Saloxiddinovich.
Toshkent viloyati
- Ohangaron tumani SI boshligʻi — Muminov Anvar Umirzoq oʻgʻli;
- Qibray tumani SI boshligʻi — Boboyev Ravshan Odilovich;
- Yangiyoʻl shahar SI boshligʻi — Shamshiyev Sherzod Sultanovich.
Fargʻona viloyati
- Bagʻdod tumani SI boshligʻi — Maxsudov Axrorjon Baxodirovich;
- Beshariq tumani SI boshligʻi — Fozilov Ulugʻbek Egamberdiyevich;
- Quva tumani SI boshligʻi — Bekmirzayev Kuyoshbek Xolmatovich;
- Qoʻqon shahar SI boshligʻi — Xamrakulov Akmaljon Aliyevich;
- Oltiariq tumani SI boshligʻi — Tojiusmonov Bexzod Furqat oʻgʻli;
- Soʻx tumani SI boshligʻi — Mamajonov Rashidjon Mamajonovich;
- Fargʻona tumani SI boshligʻi — Sultonov Ixtiyorjon Murodjonovich;
- Fargʻona shahar SI boshligʻi — Polvonov Nazarjon Djumanazarovich.
Xorazm viloyati
- Bogʻot tumani SI boshligʻi — Ahmedov Sanjarbek Sabirovich;
- Gurlan tumani SI boshligʻi — Roʻzimov Sarvar Ahmadjonovich.
Mazkur tayinlovlar soliq organlarida olib borilayotgan keng qamrovli institutsional islohotlarning muhim amaliy bosqichi sifatida baholanmoqda.