Asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan uchrashuvda SQB jamoasi penaltilar seriyasida gʻalaba qozonib, Oʻzbekiston Superkubogi sohibiga aylandi.

Qayd etilishicha, jahon futbolining bir qator yulduzlari Superkubok oʻyiniga faxriy mehmon sifatida Toshkentga taklif etilgan.

Taqdirlash marosimida Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda mamlakat Futzal federatsiyasi rahbariyati ishtirok etib, gʻolib va sovrindorlarni qutladi.