Uchrashuvda S.Safoyev ikki qardosh xalqning tarixiy munosabatlari, parlamentlararo hamkorlik masalalariga toʻxtaldi. Shu bilan birga respublikamizda oʻtkazilgan referendum jarayoni, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyaga kiritilgan muhim oʻzgartirishlardan koʻzlangan asosiy maqsad xalqimiz turmush tarzini yanada yaxshilash, ular har tomonlama davlat himoyasida boʻlishini bosh qomusimiz bilan mustahkamlab qoʻyish maqsad qilingani alohida tushuntirildi.
Oʻz navbatida, respublikamizda oʻtkaziladigan Prezidentlik saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan A.Shakirov soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, ayniqsa yaxshi qoʻshnichilik, parlamentlararo hamkorlik borasidagi ishlar yuzasidan oʻzining ijobiy munosabatini bildirdi.
Shuningdek, boʻlajak siyosiy tadbirning muhimligiga eʼtibor qaratib, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonining tashkiliy darajasiga yuqori baho berdi.
Muloqot davomida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Qozogʻiston Respublikasiga rasmiy tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari, Orol mintaqasidagi suv muammosini hal etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi masalalar, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
S.Safoyev Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti vakili bilan uchrashdi
Joriy yil 7-iyulda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S.Safoyev Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Senati qoʻmitasi raisi A. Shakirov bilan uchrashdi.
Namanganni iqtisodiy va infratuzilmaviy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
- Qamoqda saqlash joylarini boshqarish bo‘yicha tajriba almashildi
- Bishkekda O‘zbekiston va Portugaliya o‘yinini tomosha qilish uchun fan-zona tashkil etiladi
- Fransiyada rekord darajadagi issiq havo sabab 18 kishi vafot etdi
- Namangan viloyatida sun’iy intellekt borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi
- Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi
Reuters: Ilon Mask tarixdagi ilk trillionerga aylandi
- Onkologiya xizmati va palliativ yordam tizimi takomillashtiriladi
- To‘rayev Aziz Oppoqovichni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Jaloliddin Masharipov Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi
- Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish choralari koʻrib chiqildi
- Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrib chiqildi