Uchrashuvda S.Safoyev ikki qardosh xalqning tarixiy munosabatlari, parlamentlararo hamkorlik masalalariga toʻxtaldi. Shu bilan birga respublikamizda oʻtkazilgan referendum jarayoni, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyaga kiritilgan muhim oʻzgartirishlardan koʻzlangan asosiy maqsad xalqimiz turmush tarzini yanada yaxshilash, ular har tomonlama davlat himoyasida boʻlishini bosh qomusimiz bilan mustahkamlab qoʻyish maqsad qilingani alohida tushuntirildi.
Oʻz navbatida, respublikamizda oʻtkaziladigan Prezidentlik saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan A.Shakirov soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, ayniqsa yaxshi qoʻshnichilik, parlamentlararo hamkorlik borasidagi ishlar yuzasidan oʻzining ijobiy munosabatini bildirdi.
Shuningdek, boʻlajak siyosiy tadbirning muhimligiga eʼtibor qaratib, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonining tashkiliy darajasiga yuqori baho berdi.
Muloqot davomida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Qozogʻiston Respublikasiga rasmiy tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari, Orol mintaqasidagi suv muammosini hal etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi masalalar, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
S.Safoyev Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti vakili bilan uchrashdi
Joriy yil 7-iyulda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S.Safoyev Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Senati qoʻmitasi raisi A. Shakirov bilan uchrashdi.
Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari “Boku” mehmonxonasining ochilish marosimida ishtirok etdilar
- Toshkentdagi “Lolazor” mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
- Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi
- Ming tonnadan ortiq asfalt talon-toroj qilindi
- “Aero Nomad” Toshkent va Bishkek o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonning mintaqaviy hamkorligini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi
- Pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi
- Mahalla odamlar uchun ishonch, tayanch va imkoniyatlar markaziga aylanishi zarur
- Madaniyat va sanʼat sohasidagi ustuvor loyihalar taqdimot qilindi