Bu haqda “Hudud” informatsion dasturida xabar berildi.
Maʼlum boʻlishicha, ular oʻzlarini muammolarni hal qiluvchi kuch sifatida koʻrsatib, fuqarolarga bosim oʻtkazishgan. Ushbu shaxslarning jinoiy harakatlariga qonuniy baho berildi.
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi yigirma sakkiz yoshli fuqaro oʻzining toʻrt nafar jinoiy sheriklari bilan birlashib, tuman hududida bir nechta bezorilik jinoyatini sodir etib, osongina daromad topish uchun “Alfa” nomli guruh tuzadi.
Ushbu guruh yigitlari kunlarning birida koʻchada bir fuqaroni ushlab, avtomashinasiga majburlab oʻtirgʻizib, undan ikki ming besh yuz dollar miqdoridagi pullarni berishini talab qiladi. Ular fuqaroning avtomashinasi kaliti va hujjatlarini qoʻlga kiritadi. Ushbu holatni video tasvirga tushirib, tovlamachilik jinoyatini qasddan sodir qilgan.
Koʻcha bezorilari yana bir holatda, doʻsti bilan bogʻliq avtohalokat sabab uni koʻrish uchun tez tibbiy yordam boʻlimiga borib, jamoat joyida fuqarolar va bemorlar tinchligini buzadi. Shifokor hamda manzilda boʻlgan bemorni doʻpposlab, ichki ishlar xodimlarining qonuniy harakatlariga faol qarshilik koʻrsatishadi. Ammo shahar bu darvoza emas. Ular sodir etgan jinoyat ishlari koʻrib chiqilib, sud hukmi oʻqildi. Sudlanuvchilardan biriga uch yil muddatga, bir nafariga besh yil, yana ikki nafar sudlanuvchiga esa besh yilu bir oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.