Viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlumotiga köra, 24-oktyabr kuni soat 03:30 larda 75V040 avtomobil yölining 21–22-kilometrlari oraliğida toğ jinslari köçişi sodir bölgan.
Hodisa joyiga tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari, Yöllardan foydalaniş davlat muassasasi işçi-xodimlari hamda maxsus texnikalar jalb etilgan.
Körilgan tezkor çoralar natijasida soat 07:30 ga qadar yöl toğ jinslaridan töliq tozalangan va transport vositalarining xavfsiz harakati tiklangan.
Maʼlum qilinişiça, hodisa oqibatida fuqarolar jabrlanişi yoki transport vositalariga zarar yetişi holatlari qayd etilmagan.
Haydovçilardan toğli hududlarda harakatlanişda ehtiyotkor böliş, yöl belgilari va xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qiliş söralgan.