Azaldan tadbirkorlik, savdo-sotiq rivojlangani tufayli öşa paytlari ham bu yerda mahsulot tanlaş imkoniyati nisbatan keng, narxi esa Samarqand şahri dökonlaridan ança arzon bölardi. Bu esa 4-5 oylik stipendiyasini bir qilib oladigan (öşa paytlari şunday edi) biz kabi moddiy qiyinçilik körib tejamkor bölgan yoşlarni öziga çorlardi.

Oradan şunça vaqt ötib Urgut markaziga borar ekanman, xotiralar ayni manzil–ulgurji buyum bozori hududining 1995-1996-yillardagi holatini yodga soldi: tungi tartibsiz bozor, tor yöllar, pastqam uy va binolar, oqşomda zimiston köçalar. Bugun bu yerda tamoman yangi manzaraga közingiz tuşadi: eski bozor örnini aholi uçun katta qulayliklar yaratilgan istirohat boği, axborot-resurs kutubxona va davlat xizmatlari markazining zamonaviy binolari egallagan. 24/7 rejimida işlaydigan köça bunyod etilgan. Ha, hayot davom etar ekan, rivojlanişlar töxtamaydi. Şunga mos ravişda odamlarning dunyoqaraşi, tutumi ham özgarib boraveradi.

– Avvallari yetir-yetmaslik tufaylimi yoki aholimiz madaniy dam oliş mohiyatini unçalik yaxşi his qilmaganidanmi, bilmadim, nimagadir keçki payt sayr qiliş uçun köçalarga juda kam odam çiqardi, – deydi “Nuroniy” jamğarmasining Urgut tumani bölimi raisi Quddusxon Asqarov. – Töğri, u paytlari xizmat körsatiş ham haminqadar bölgan. Qoronğu bölişi bilan savdo nuqtalari deyarli işlamasdi. Bugun esa xalqimiz orasida işdan keyin, oqşom oila aʼzolari bilan hordiq çiqariş maskanlariga boradiganlari köpaydi. Kunu tun işlaydigan dökonlar yetrliça. Farzand-u nabiralarimiz hayotdan zavq olib yaşamoqda, yayramoqda. Bularning barçasi muhtaram Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan keng imkoniyatlar, yurtimizda hukm surayotgan tiçlik-osoyiştalik tufaylidir. Bunga şukrona keltirişimiz, uni köz qoraçiğidek asraşimiz zarur.

“Urgutda tuğilganimdan faxrlanaman”

Bir yilça avval davlatimiz rahbari Urgutga yangi temir yöl va vokzalning oçilişiga kelganlarida aholi bilan uçraşuvda masʼullarga tegişli topşiriq va körsatmalar bergan edi. Tuman markazini kezar ekanmiz, ötgan vaqt mobayni ana şu vazifalar ijrosini taʼminlaş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilgani va izçil davom etayotganini öz közimiz bilan kördik. Bunga bir misol, “Yangi Özbekiston” massivi. Mahalliy aholi tili bilan aytganda mazkur “Urgut siti” Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2021-yil 9-dekabrda imzolangan “Yangi Özbekiston” massivlarini quriş va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni ijrosi doirasida qad kötarmoqda. Dastlabki reja böyiça bu yerda quriliş Quyi Kamangaron mahallasi hududidagi 39,2 gektar yer maydonida umumiy qiymati 207,0 mln AQŞ dollarlik bunyodkorlik işlari, jumladan, 58 ta köp qavatli uy (2916 ta xonadon) barpo etişni öz içiga oladi. Maʼlum qilinganidek, ayni kungaça şu rejaning muayyan qismi xalqaro tajribadan kelib çiqqan holda xorijlik mutaxassislar kömagida bajarilgan. Jumladan, öttizdan ortiq qöp qavatli uylar qurilib foydalanişga topşirilganini kördik. Yangi uylarga köçib kirganlar orasida Döşanovlar oilasi ham bor.

– Bizdek yoş oilalarga davlatimiz tomonidan yaratib berilgan imtiyozlardan foydalanib, uç xonali uy xarid qilganimizdan juda mamnunmiz, – deydi “Yangi Özbekiston” massivi 16 “A” uy 43-xonadonda yaşovçi Nargiz Döşanova. – Ikki qiz, bir öğlimiz bor. Ularning boğça va maktabi şu yerda, piyoda borilsa beş minutlik yöl. Eng muhimi, bu yerda farzandlarimizning ilm olişi, sport bilan şuğullanişi, böş vaqtini mazmunli ötkazişi uçun barça zarur şart-şaroitlar muhayyo etilgan. Inson uçun, uning yaxşi yaşaşi uçun yana nima kerak. Şu yurtda, Samarqandning Urgutida tuğilganimdan faxrlanaman.

Şu örinda taʼkidlaş joiz, hozirgi kunda tegişli hujjatga binoan “Yangi Özbekiston” massivi, boşqaça aytganda, ekoşahar hududi 90,0 gektarga kengaytirilmoqda. Yangi loyiha doirasida tuman hokimligi maʼmuriy binosi hamda 35 ta taşkilot uçun maʼmuriy markaz, 73 ta köp qavatli uy quriş rejalaştirilgan. Bundan taşqari, uçta maktab, törtta boğça, ikkita oilaviy şifokorlik punkti, bitta klinika, mahalla fuqarolar yiğini idoralarining binolari, sport majmualari barpo etiladi. Yoşlar markazi, savdo va maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari, bolalar attraksionlari va köngioloçar maydonlar bunyod etilişi közda tutilgan. Şuningdek, suv inşootlari, oqava suv tozalaş punktlari, elektr va qozonxona stansiyalari hamda 18,0 km içki yöl quriladi.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning tegişli farmon va qarorlari bilan Urgut tumanini “Namunali va metodik” hududga aylantiriş, bu yerda tadbirkorlikni kengaytiriş, aholi uçun zamon talabiga mos turmuş şart-şaroitlari yaratiş maqsadida barça dasturlar doirasida 303 ta obyekt loyihasi uçun mablağ ajratilgan. Hududda ulkan bunyodkorlik işlarining amalga oşirilayotgani natijasida 4 ming 192 iş örni yaratildi. Kambağal oilalar kamaymoqda.

Taʼkidlaş joiz, mamlakatimiz iqtisodiyoti uçun strategik ahamiyatga ega bölgan bunday hududlarni rivojlantirişda zamonaviy logistika va infratuzilma hal qiluvçi omil hisoblanadi. Ayni kunda tuman hududida köplab infratuzilma obyektlari, jumladan, tibbiyot muassasalari, bir qança mahalla fuqarolar yiğinlari binolarini bunyod etiş kabi işlar avj olgan. Urgut markazini boşqa manzillar bilan boğlovçi ellik kilometrdan oşiq yöllar rekonstruksiya qilinayapti, uçta yangi köprik qurilayapti, ikkitasi taʼmirlanmoqda. “Tinçlik” mahallasidagi “Öğiloy-Zoirjon” fermer xöjaligiga tegişli 10 gektar yer maydoni örniga Özbekiston-Tojikiston savdo, logistika va tibbiyot markazi barpo etiş boşlangan. Bir söz bilan aytganda, bugun Urgut yirik quriliş maydoniga aylangan.

X. Salimov,

Yuz.uz muxbiri