Bugun barchamiz ezgulik, xayr-saxovat, mehr-muruvvat kabi amallar bajariladigan Qurbon hayiti bayramini ko'tarinki ruhda nishonlamoqdamiz.
Mazkur ayyom munosabati bilan barcha yurtdoshlarimiz qatori xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni chin dildan tabriklayman.
Ushbu muqaddas kunlarda Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka ato etishini so'rab qolaman.
Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari Sizlarga xizmat qilishni o'zining muqaddas va sharafli burchi, deb hisoblaydi.
Aminmanki, Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash va yuksaltirishga o'z hissangizni qo'shishda davom etasiz.
Qutlug' bayram barchamizga muborak bo'lsin!
Abdulaziz Kamilov,
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
Tashqi ishlar vaziri Qurbon hayiti munosabati bilan xorijdagi vatandoshlarga bayram tabrigi yo‘lladi
Hurmatli vatandoshlar!
1-iyuldan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi
- Ozish siri parhezda emas: diyetolog sog‘lom vazn tashlashning eng muhim qoidalarini tushuntirdi
- Prezidentimiz “Navbahor” futbol klubining akademiyasida boʻldi
- Namanganni iqtisodiy va infratuzilmaviy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
- Qamoqda saqlash joylarini boshqarish bo‘yicha tajriba almashildi
- Bishkekda O‘zbekiston va Portugaliya o‘yinini tomosha qilish uchun fan-zona tashkil etiladi
Reuters: Ilon Mask tarixdagi ilk trillionerga aylandi
- Onkologiya xizmati va palliativ yordam tizimi takomillashtiriladi
- To‘rayev Aziz Oppoqovichni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Jaloliddin Masharipov Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi
- Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish choralari koʻrib chiqildi
- Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrib chiqildi