Bugun barchamiz ezgulik, xayr-saxovat, mehr-muruvvat kabi amallar bajariladigan Qurbon hayiti bayramini ko'tarinki ruhda nishonlamoqdamiz.
Mazkur ayyom munosabati bilan barcha yurtdoshlarimiz qatori xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni chin dildan tabriklayman.
Ushbu muqaddas kunlarda Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka ato etishini so'rab qolaman.
Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari Sizlarga xizmat qilishni o'zining muqaddas va sharafli burchi, deb hisoblaydi.
Aminmanki, Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash va yuksaltirishga o'z hissangizni qo'shishda davom etasiz.
Qutlug' bayram barchamizga muborak bo'lsin!
Abdulaziz Kamilov,
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
Tashqi ishlar vaziri Qurbon hayiti munosabati bilan xorijdagi vatandoshlarga bayram tabrigi yo‘lladi
Hurmatli vatandoshlar!
O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonni mag‘lub etib, shaxmat olimpiadasida peshqadam bo‘ldi
- Sertifikat imtihonlarida o‘rinlar soniga limit belgilanishiga izoh berildi
- “Yashil makon” loyihasini amalga oshirishda daraxtlar parvarishi va yashovchanligi ustuvor boʻladi
- Shukurov Anvar Ismatovichga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator” faxriy unvonini berish to‘g‘risida
- Jubayev Baxtiyar Taylakovichni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya Prezidentini Davlat dumasiga saylov muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan tabrikladi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- Qidiruvdagi shaxs ayollarni terrorchilik tashkilotlariga jalb qilgani aytilmoqda
- Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi