Medallar jadvalida mamlakatimiz mukofotga sazovor boʻlgan 93 mamlakat orasida 32-oʻrinda. Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi oʻrindamiz, MDHda Rossiya OQdan keyin ikkinchimiz.
Musobaqaning oxirgi kunida AQSH peshqadam boʻlib oldi – 113 ta medal (39🥇, 41🥈, 33🥉). 2-oʻrinni Xitoy egalladi – 88 ta medal (38🥇, 32🥈, 18🥉), Olimpiada mezboni Yaponiya 3-oʻrinda – 58 ta medal (27🥇, 14🥈, 17🥉).
Qoʻshnilarimiz orasida Qirgʻiziston eng yaxshi natija koʻrsatdi – 70-oʻrin, 3 medal (2🥈, 1🥉). Litsenziyalar soni – 16 ta.
Turkmaniston oʻz tarixidagi birinchi va yagona Olimpiya mukofotini qoʻlga kiritdi (1🥈) va 77-oʻrinni egalladi. Litsenziyalar soni – 9 ta.
Qozogʻiston 8 ta “bronza” medalini qoʻlga kiritdi va 83-oʻrinni egalladi. Litsenziyalar soni – 97 ta.
Tojikiston medallarni qoʻlga kirita olmadi. Litsenziyalar soni – 10 ta.
Tokio Olimpiadasi natijalari
Olimpiya oʻyinlari Oʻzbekiston uchun beshta mukofot bilan yakunlandi, ulardan 3 tasi “oltin”, 2 tasi “bronza”. Umumiy hisobda terma jamoa 17 sport turi boʻyicha 71 ta litsenziyaga ega edi.
Qashqadaryoda ikki Nexia va KamAZ ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
- Ko‘kdala tumanida Nexia-1, Nexia-2 va KAMAZ ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi
- O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2026 uchun tarkibi e’lon qilindi
- Buxoroda tuman sogʻliqni saqlash boʻlimi rahbari pora bilan qoʻlga olindi
- Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi oʻgʻil-qizlarimizga
- Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish tartibi belgilandi