Jumladan, 2025-yil 8-may kuni metropoliten xizmatlaridan 986 916 nafar yo‘lovchi foydalangan bo‘lsa, 2026-yil 7-may kuni bu ko‘rsatkich 1 105 883 nafarga yetib, 12 foizlik o‘sish qayd etildi.
Shuningdek, 2025-yil 15-may kuni 953 220 nafar yo‘lovchi metro xizmatidan foydalangan bo‘lsa, 2026-yil 14-may kuni ushbu ko‘rsatkich 1 044 736 nafarga yetdi va 9,6 foizlik o‘sish kuzatildi.
Yana bir muhim natija sifatida, 2026-yil 8-may kuni Toshkent metropoliteni bir kun davomida 1 117 061 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib, rekord ko‘rsatkich qayd etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 80,5 foizga yuqori natijani tashkil etdi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, metropoliten xizmatlaridan eng ko‘p yo‘lovchilar haftaning payshanba va juma kunlari foydalanmoqda.