Yaqinda qabul qilingan "Toshkent xalqaro moliyamarkazi to'g'risida"gi Konstitutsiyaviy qonunmamlakatimiz sud tizimi tarixida misli ko'rilmaganyangilikni nazarda tutdi — Toshkent xalqaro tijoratsudining tashkil etilishini. Ushbu maqolada mazkursudning mohiyati, tuzilishi, vakolatlari vamamlakatimiz uchun ahamiyatini izchil bayon etishgaharakat qilamiz.
Har qanday yirik investitsiya qarori zamirida bittaoddiy hisob-kitob yotadi. Investor mablag' kiritishdanoldin, avvalo, nizo yuzaga kelgan taqdirda o'zhuquqlarini qay darajada ishonchli himoya qila olishinibaholaydi. Uning uchun eng katta kafolat va'dalar ham, imtiyozlar ham emas, balki adolatli, tez va professional ishlaydigan suddir. Xalqaro biznes olamining o'zigaxos "tili" ham shakllangan: yirik shartnomalar asosaningliz tilida tuziladi, nizolar ko'p hollarda ingliz huquqiqoidalari bo'yicha hal etiladi, tomonlar esa o'z sohasinichuqur biladigan ixtisoslashgan sudyalarni ko'rishniistaydi. Aynan shu ehtiyojni anglagan davlatlar — Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, qo'shniQozog'iston — o'z hududlarida maxsus xalqaro tijoratsudlarini tashkil etdi va buning samarasini yaqqolko'rdi: Dubay, Singapur va Ostona bugungi kundajahon kapitalining muhim manzillariga aylandi. Endiana shunday institut Toshkentda ham yaratilmoqda.
Toshkent xalqaro tijorat sudi Moliya markaziningsud organi bo'lib, u ikki instansiyadan — birinchiinstansiya sudi va apellyatsiya sudidan iborat etibtuzilgan. Bu tomonlarga qaror ustidan yuqoribosqichda shikoyat qilish imkonini beradi, apellyatsiyasudining qarori esa yakuniy hisoblanadi va qayta ko'ribchiqilmaydi. Bunday qat'iy yakuniylik xalqaro tijoratsudlovida muhim qadriyat sanaladi: biznes cho'zilibketadigan sud jarayonlarini emas, oqilona muddatdaqabul qilinadigan uzil-kesil yechimni qadrlaydi.
Sudning tarkibiga oid qoidalar ham jahontajribasiga tayangan holda ishlab chiqilgan. Qonungamuvofiq, sudya lavozimiga har qanday davlat fuqarositayinlanishi mumkin. Demak, Toshkentda milliymutaxassislarimiz bilan bir qatorda xalqaro tijorathuquqi, moliya, bank ishi, arbitraj, bankrotlik varaqamli aktivlar sohalarida dunyoga tanilgan xorijiyhuquqshunoslar ham odil sudlovni amalga oshiradi. Dubay va Ostona tajribasi ko'rsatdiki, nufuzli xalqarosudyalarning ishtiroki yangi sudga bo'lgan ishonchnieng qisqa muddatda shakllantiradigan omildir. Sudjarayonlari ingliz tilida olib boriladi — xalqaro biznesuchun bu tabiiy va qulay tartib; ayni paytda tomonningiltimosiga ko'ra o'zbek yoki boshqa tillardagi tarjimalartaqdim etilishi qonunda kafolatlangan. Sudningmustaqilligi alohida qat'iyat bilan mustahkamlangan: unga ko'rsatma berish yoki faoliyatiga har qandayshaklda aralashish taqiqlanadi.
Sudning vakolat doirasi keng qamrovli. U, engavvalo, Moliya markazi ishtirokchilari o'rtasidagifuqarolik va mehnat nizolarini, Markaz hududidagifaoliyatdan kelib chiqadigan shartnomaviy, mulkiy vainvestitsiyaviy nizolarni, shuningdek Markazishtirokchilarining bankrotlik ishlarini ko'radi. Shu bilan birga qonun yana bir muhim imkoniyatni nazardatutgan: istalgan tomonlar o'zaro kelishuv asosidanizosini ushbu sudga topshirishi mumkin. Ikkikompaniya shartnoma tuzayotganda nizolarni Toshkent xalqaro tijorat sudida hal etish sharti kiritilsa, shuningo'zi sud vakolati uchun yetarli asos bo'ladi. Bu jahonamaliyotida o'zini to'la oqlagan mexanizm: Dubayxalqaro moliya markazi sudi aynan shunday qoidajoriy etilganidan so'ng butun mintaqada eng ko'ptanlanadigan sud maydoniga aylangan edi.
Alohida ta'kidlash joizki, yangi sud xalqaro arbitrajtizimi bilan uzviy bog'liqlikda ishlaydi. U arbitrlarnitayinlash va ularga rad etish masalalarini hal qiladi, nizolashayotgan tomonning mol-mulkiga nisbatanvaqtinchalik ta'minlov choralarini qo'llaydi hamdaxorijiy arbitraj qarorlarini — ular qaysi davlatdachiqarilganidan qat'i nazar — tan oladi va ijrogaqaratadi. 2018-yilda tashkil etilgan Toshkent xalqaroarbitraj markazi bilan birgalikda bu yaxlit tizimniyuzaga keltiradi: tomonlar nizoni arbitrajda hal qiladi, sud esa jarayonga ko'mak beradi va qarorning ijrosinikafolatlaydi.
Islambek Rustambekov
Yuridik fanlari doktori, professor
TDYU prorektori, xalqaro arbitr