Bu haqda DXX xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, u Toshkent shahridagi koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi MCHJ rahbaridan 1500 AQSH dollari olgan paytda qoʻlga olindi. Qoʻlga olish jarayonida u qochishga uringan, biroq tezkor xodimlar tomonidan ushlab qolingan.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, mazkur shaxs Yunusobod tumanidagi 6 ta uyga xizmat koʻrsatishni bir MCHJdan boshqasiga oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni “Mening uyim” axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazib berish evaziga 2200 AQSH dollari talab qilgan. Ushbu masalani mansabdor tanishlari orqali hal qilishni rejalashtirgani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.