Nazorat tadbirlari 2026 yil 1 sentabrdan yo‘lovchilar avtobusga chiqish vaqtda yo‘l haqini to‘lashi shartligi belgilanganidan so‘ng kuchaytirilgan.

«Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish» davlat muassasasi nazoratchilari poytaxt avtobuslarida yo‘lovchilarning yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘layotganini tekshirmoqda.

1–22 sentabr kunlari 14 051 nafar yo‘lovchiga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bu avgust oyidagi ko‘rsatkichdan 2,5 barobardan ko‘proq.

Shu davrda Toshkent avtobuslarida 27 million 865 ming 278 nafar yo‘lovchi tashilgan. Yo‘lovchilar oqimi avgust oyiga nisbatan 34 foizga, 2025 yilning shu davriga nisbatan esa 15 foizga oshgan.


Nazorat tadbirlari yo‘l haqini to‘lamasdan avtobusdan foydalanish holatlarining oldini olish va jamoat transportidan foydalanishda belgilangan tartibga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan.