Nukus shahrida aholiga sifatli jamoat transporti xizmatini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, harakat tarkibini yangilash, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida «FAYZ AVANGARD» MChJ tomonidan 32 dona avtobus olib kelinmoqda.

Aytib o‘tish joizki, hurmatli Prezidentimizning jamoat transporti xizmatini rivojlantirish borasida qabul qilingan qarorlari bilan "Brutto-shartnomasi," ya'ni, «bosib o‘tilgan yo‘l» va «sifat» mezoni asosida yo‘lovchi tashish xizmatini tashkil etish belgilangan. Shu asosda, bu avtobuslar Nukus shahri ichidagi yo‘nalishlarga brutto-shartnoma bilan joylashtiriladi.

 

Minajatdin QUTLЫMURATOV,

«Yangi O‘zbekiston» muxbiri.