Toshkent metropoliteni maʼlumotiga koʻra, 4 iyun kuni soat 12:41 atrofida shahar elektr tarmoqlaridagi yuqori kuchlanishli uzilish natijasida metroning “Oʻzbekiston”, “Chilonzor” va “Yunusobod” yoʻnalishlarida elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtagan.
Qayd etilishicha, mazkur holat poyezdlar harakati hamda bekatlardagi yoritish tizimlari ishiga ham taʼsir koʻrsatgan.
Mutaxassislar vaziyatni zudlik bilan nazoratga olib, elektr taʼminoti toʻliq tiklangungacha zaxira generatorlarini ishga tushirgan.
Hozirda metro poyezdlari harakati masʼul xodimlar nazorati ostida odatiy tartibda davom etmoqda.