J.Mamajonov 1978 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Moliya va iqtisodiyot, xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligiga ega.
Tayinlovga qadar AQShdagi «JM Group» kompaniyalari bosh direktori vazifasida xizmat qilayotgan edi.
***
Kunarov Ruslan Rustamovich Toshkent viloyati hokimining sanoat korxonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ta’kidlash lozimki, mazkur lavozim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan boshqa hududlardan farqli ravishda Toshkent viloyati uchun joriy etildi.
R.Kunarov 1986 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Soliqlar va soliqka tortish mutaxassisligiga ega.
Tayinlovga qadar Yangiyo‘l tumanidagi «BIO KORM» xususiy korxonasining Ishlab chiqarish masalasi bo‘yicha maslahatchisi vazifasida xizmat qilayotgan edi.