Hodisa kecha Boʻstonliq tumani «Xoʻjakent» mahallasi hududida sodir boʻlgan. Maʼlum boʻlishicha, ikki nafar fuqaro togʻli hududda sayr qilayotgan vaqtda kutilmagan vaziyatga duch kelgan. Ularning biri — 70 yoshli ayol oyogʻidan jarohat olib, mustaqil harakatlana olmay qolgan.
Holat yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining navbatchilik qismiga xabar berilgan. Voqea joyiga tezkor yetib kelgan qutqaruvchilar jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatib, uni pastga olib tushgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirgan.
Shifokorlar maʼlumotiga koʻra, hozirda ayolning ahvoli qoniqarli.