Mas’ul tashkilotlar tomonidan harakat xavfsizligini ta’minlash va transport oqimini samarali tartibga solish maqsadida zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Mazkur davrda haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralari, yo‘l belgilari hamda yo‘l chiziqlari talablariga qat’iy amal qilish so‘raladi.
Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga zarurat bo‘lmagan holatlarda forum yakunlanguniga qadar Toshkent shahri tomon harakatlanmaslik tavsiya etiladi.
Harakat ishtirokchilaridan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.